Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi «G’ALLAOROL KALIY FOSFAT» mas’uliyati cheklangan jamiyatini o‘rganish yakunlari
13.
08. 2019
17:53
6207
News

KUN.UZ saytida «G‘allaorolliklar nega darg‘azab: bu yerda qurilayotgan kimyoviy o‘g‘it ishlab chiqarish kombinati salomatlik va ekologiya uchun zararlimi?» sarlavhasi ostida chop etilgan maqolasi Davlat ekologiya qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan «G’ALLAOROL KALIY FOSFAT» mas’uliyati cheklangan jamiyatning texnologik jarayonida atrof–muhitga ta’siri darajasini o‘rganib chiqdi.

Mineral o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha mazkur korxona Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 noyabrdagi 949–son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat ekologik ekspertizasi amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxati»ga muvofiq atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I – toifasiga mansub bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 20 ming tonnani tashkil etib, asosiy xom ashyosi esa kaliy xlorid va sulfat kislotasi hisoblanadi.

O‘z navbatida, korxonada asosiy xom ashyo sifatida foydalanilishi rejalashtirilgan sulfat kislotani saqlash uchun maxsus sig‘imlar o‘rnatilgan bo‘lib, kislota maxsus quvurlar orqali pechga yuboriladi. Pechda kaliy xlorid va sulfat kislota aralashma hosil bo‘lib, 500–700 gradus issiqlikda qizdiriladi. Tayyor mahsulot – kaliy sulfat olinadi. Ushbu texnologik jarayoni davlat ekologik ekspertizasi uchun taqdim etilgan loyihada ko‘rsatib o‘tilgan.

Korxonaning atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi arizasiga Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan 2018 yil 7 mayda davlat ekologik ekspertiza hulosasi berilgan.

Ekspertiza xulosasiga asosan atmosfera havosiga tashlanadigan tashlamalar manbalari soni 6 ta bo‘lib, tashlamalarning jami miqdori yiliga 0,5 tonnani tashkil etadi.

Shuningdek, atmosfera havosiga tashlanadigan tashlamalar 12 turda bo‘lib, shundan: kaliy sulfat changi38,2%, kaliy xlorid25%, trikaliygidrosulfat19,3%, vodorod xloridi – 13,1% va tabiiy gaz yoqilganda hosil bo‘ladigan tashlamalar – 3,1% ni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, davlat ekologik ekspertiza hulosasidagi xisob - kitoblarga ko‘ra, korxona chegarasidan tashqarisida atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori belgilangan me’yordan pastligi aniqlangan.

Kaliy sulfat changi belgilangan ruxsat etilgan me’yoriy miqdori (REMM – ifloslantiruvchi moddalarning inson organizmiga yoki atrof muhitga uzoq muddat davomida kunlik ta’siri hamda salbiy oqibatlarga olib kelmaydigan maksimal miqdori) 0,15 %, trikaliygidrosulfat belgilangan REMM 0,10 % va boshqa tashlamalarning eng yuqori bo‘lgan normadagi kontsentratsiyasi belgilangan REMMning 0,1 % hisob-kitobini tashkil qilgan.

Shu bois, davlat ekologik ekspertiza hulosasida mineral o‘g‘it ishlab chiqarish korxonasiga quyidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan talablar qo‘yilgan:

– korxona ishlab chiqarish faoliyatini boshlamasdan oldin atrof tabiiy muhitga ta’siri bayonoti loyihasini ishlab chiqishi va «Davlat ekologik ekspertiza markazi» DUKga taqdim qilishi;

– sulfat kislotasidan foydalanishdagi texnologik jarayonda avariya holatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

– korxonada kislota saqlash va tarqatish tarmoqlariga elektron avtomat blokirovka uskunalarini o‘rnatish;

– korxona qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammoli masalalarni joyida bartaraf etish maqsadida jamoatchilik fikrini eshitish va ular tomonidan kiritilgan takliflar bo‘yicha loyiha qarorlariga tuzatishlar kiritish.
 

Useful resources