Ayyomga ulangan shonli sana
08.
01. 2022
08:28
4217
Event

Tinch va obod elga bayramlar yarashadi. Yangi yil shodiyonalari davom etayotgan bir paytda yurtimizda yana bir sana keng nishonlanmoqda. U ham bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tashkil etilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlardir.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi jamoasi nomidan ushbu yubiley va 8 yanvar - prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan barcha-barchani samimiy muborakbod etamiz.

Inson huquqlarini ta’minlash va qonunlarga rioya etilishini nazorat qilishdek mashaqqatli sohada faoliyat ko‘rsatayotgan prokuratura organlari xodimlarini kasb bayramlari bilan yana bir bor tabriklab, ularga mas’uliyatli burchini sharaf bilan bajarishda omad tilaymiz.

Kasb bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz huquq posbonlari!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources