Birinchi ish kuni va dastlabki tanishuv
31.
12. 2021
20:48
3208
News

Avval xabar berganimizdek, kuni kecha Prezidentimizning farmoniga ko‘ra, Narzullo Naimovich Oblomuradov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Yurtboshimiz katta ishonch bildirgan yangi rahbar bugun o‘z faoliyatini mazkur qo‘mitaning qayta ta’mirlanayotgan binosi va hovlisida olib borilayotgan ishlar bilan tanishuvdan boshladi. Tevarak-atrofni shinam tarzda obodonlashtirish va ulkan inshootni xodimlar uchun qulay ofisga aylantirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Markaziy apparat boshqarma va bo‘limlari boshliqlari bilan dastlabki ochiq muloqot davomida qo‘mita oldida yaqin istiqbolda turgan dolzarb masalalarni o‘z vaqtida bajarishning dolzarb ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources