«Zamindan olis ketma» (video)
18.
11. 2021
10:59
3090
News

Bugungi kunda ekologiya va atrof-muhit masalalari eng dolzarb muammolardan biridir.

Qo‘chqor Norqobilning «Zamindan olis ketma» nomli dramasi bugungi kunning eng muhim muammolaridan biri ekologiya, tabiatni asrash mavzusiga bag‘ishlangan.

Asarda agar insoniyat tabiatga nisbatan shunday munosabatda bo‘laversa dunyo ekologik xavf girdobida qolishiga e’tibor qaratilgan. Mazkur pesada halollik va nopoklik, ezgulik va yovuzlikning kurashi insonlar o‘rtasidagi munosabat, chuqur dramatik tahlillar orqali berilgan. Dramada o‘z yurtini sevgan, Vatan tabiati va borliqni hayotning bir bo‘lagi deb bilgan yosh jurnalistning turli xil kuchlar bilan to‘qnashuvi jonli voqealar orqali ifoda etilgan. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur pesada bugungi zamon qahramonining qiyofasi to‘laqonli aks etgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources