«Dolzarb 40 kunlik»ning dastlabki natijalari tahlil qilindi
08.
11. 2021
15:20
3423
News

Bugun, ya’ni 8 noyabr kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I. Boqijonov boshchiligida tizim tashkilotlari rahbarlari va hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda asosiy e’tibor Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan e’lon qilingan «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlari joylarda qanday amalga oshirilayotganiga qaratildi. Belgilab berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish yuzasidan qo‘mita oldida turgan vazifalar tahlil qilindi.

Ma’lumki, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish, 2021 yilning o‘zida respublika bo‘ylab jami 75 million donadan ortiq ko‘chat ekish nazarda tutilgani egologlar amalga oshirish kerak bo‘lgan yumushlar har qachongidan ham diqqatga sazovor ekanidan dalolat beradi.

Yig‘ilishda alohida ta’kidlanganidek, ana shu tadbir doirasida hududlarda 6 noyabr holatiga 1 million 947 ming dona ko‘chat ekildi. Qo‘mita mutxassislari qadalayotgan nihollar hisobini yuritish bilan birga mavjud daraxtlarni xatlovdan o‘tkazishga alohida ahamiyat qaratayotgani xususida so‘z yuritildi.

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources