Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasiga yangi rahbar tayinlandi
05.
11. 2021
19:37
3723
News

2021 yilning 3 noyabr kuni Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasiga ish samaradorligini oshirish va sohani yanada rivojlantirish maqsadida yangi rahbar – Jamshid Ishchanov tayinlandi.

Jamshid Ishchanov 1983 yilda Xorazm viloyatining Shovot tumanida tavallud topdi. 2007 yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutini tamomladi.

2008 yildan boshlab, J. Ishchanov «Yo‘lovchitransservis» mas’uliyati cheklangan jamiyatida bosh mutaxassis, «Toshavtobustrans», «Toshshahartransxizmat» aktsiyadorlik kompaniyalari bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritdi.

2014 yildan buyon Davlat ekologiya qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlab kelgan. Tajribali, mas’uliyatli, talabchan.

Jamshid Rahimberganovichga keyingi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilagan holda, korxonada ish samaradorligini oshirish va sohani yanada rivojlantirishga o‘zining mislsiz hissasini qo‘shishiga ishonamiz.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources