Bank sohasidagi yetakchi kompaniyalar va tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga!
05.
11. 2021
16:30
3847
News

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va tashish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarni undirishni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish maqsadida, sanitar tozalash korxonalari uchun Android tizimida ishlovchi bank terminallarini xarid qilish rejalashtirilgan.

Xaridni belgilangan tartibda amalga oshirish uchun 2021 yil 15 noyabr kuni https://dxarid.uzex.uz portalida e’lon joylashtiriladi.

Shu munosabat bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi, mazkur yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi barcha sub’ektlar (etkazib beruvchilar) va sohaning tajribali mutaxassislaridan ko‘zlanayotgan xarid predmetining apparat hamda dasturiy yechimi bo‘yicha ilovada ko‘rsatilgan texnik topshiriq talablariga to‘liq javob beruvchi tijorat takliflarini 2021 yil 14 noyabrga qadar qabul qilishga tayyorligi haqida e’lon qiladi.

Ilova: xarid predmetining apparat hamda dasturiy yechimiga texnik topshiriq.

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin:

(+998) 99 409-37-37;
(+998) 90 920-05-50;

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources