«Sudoche - Akpetki» buyurtmaxonasida umurtqali jonivorlarning hisobi o‘tkazildi
22.
10. 2021
12:34
3643
Econadzor

2021 yil 14-18 oktyabr kunlari «Sudoche - Akpetki» davlat buyurtmaxonasida yerda yuruvchi umurtqali jonivorlarning hisobi o‘tkazildi. Tadbir Davlat ekologiya qo‘mitasi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi, Markaziy Osiyo Ramsar mintaqaviy tashabbusi (jamoat tashkiloti) mutaxassislari ishtirokida tashkil etildi.

Monitoring doirasida flamingo, qashqaldoq, qiziltumshuqli va qizilboshli churrak, kryakva va boshqa ko‘chib yuruvchi jonivorlar, shuningdek, hududda jayron, uzun ignali tipratikan, yovvoyi cho‘chqa, shoqol, tulki, bo‘rsiq kabi hayvonlar izlarining mavjudligi aniqlandi.

Sudoche va Akpetki ko‘llar tizimi sut emizuvchi hayvonlarning noyob, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarning muhim joylaridan biri hisoblanadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources