Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining  yirik sanoat korxonalari tomonidan atrof-muhitga tashlanayotgan zararli tashlamalar masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi
03.
07. 2019
20:54
742
News

Joriy yilning 3 iyul kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining OAV vakillari ishtirokida yirik sanoat korxonalari tomonidan atrof-muhitga tashlanayotgan zararli tashlamalar masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda yirik sanoat korxonalari bosh muhandis va ekologlari ham ishtirok etdi.

2019 yilda BMTga a’zo davlatlar Butunjahon atrof-muhit kuniniHavoning ifloslanishiga qarshi kurash” shiori ostida o‘tkazmoqdalar.

Mazkur mavzuga hamohang ravishda Kengashning yig‘ilishi bevosita yirik sanoat korxonalari tomonidan atrof-muhitga, xususan atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli tashlamalarga atrofli to‘xtalib o‘tildi.

Bugungi kunda Davlat ekologiya qo‘mitasiga yirik sanoat korxonalarining atrof-muhitga tashlayotgan zararli tashlamalari yuzasidan 175 ta, Facebook ijtimoiy tarmog‘iga 10 ga yaqin murojjat kelib tushgan, undan tashqari ijtimoiy tarmoqlardagi fikr mulohazalar monitoring qilganda yirik sanoat korxonalari faoliyatiga nisbatan  juda ko‘plab salbiy fikrlar bildirilgan. Xususan,  Axtachi tsement zavodi (Andijon), Ohangaron va Bekobod tsement zavodlari, Maksam-Chirchiq, Olmaliq tog‘ kon metallurgiya kombinati (Toshkent viloyati), Sirg‘ali tumanidagi truba zavodi va boshqalar.

Ta’kidlanganidek, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi organlari tomonidan atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalar bo‘yicha davlat monitoringi olib boriladi. Ushbu monitoring bilan 452 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qamrab olingan. Ulardan 264 tasida atmosfera havosiga, 171 tasida suv ob’ektlariga tashlamalar, 123 tasida tuproqni ifloslantiruvchi tashlamalar bo‘yicha nazorat olib boriladi.

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Atrof muhit monitoringi dasturi quyidagi asosiy sanoat  ifloslantiruvchi moddalarni qamrab oladi: azot oksidlari, oltin gugurt oksidi, is gazi, chang, shuningdek spetsifik ifloslantiruvchi moddalar (ammiak, fenol, og‘ir metallar, vodorod sulfidi, organik erituvchilar, uglevodorodlar va x.k.).

Qo‘mitaning analitik laboratoriyalari tomonidan 2019 yilda o‘tkazilgan taxlillariga ko‘ra, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni me’yorlardan ortiq tashlayotgan korxonalardan “Oxangaron-tsement” AJ  (chang bo‘yicha 40,7 ga, azot oksidlari bo‘yicha 1,2 ga), Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (chang – 8,4 ga),  “O‘zmetkombinat” AJ (oltingugurt dioksida – 3,1 ga), “Bekobodtsement" AJ (azot oksidi – 2,1 ga), “Maksam Chirchiq” AJ (azot oksidi – 4,7 ga) va yana bir qator korxonalarni keltirish mumkin.

Shunga o‘xshash xolat suv va tuproqni ifloslanishida kuzatiladi.

Qo‘mita tomonidan ifloslantiruvchi manbalar monitoringi o‘tkaziladi. Xozirgi kunda 558 ta (376 ta fakticheski)  xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda monitoring amalga oshiriladi, shundan atmosfera havosini ifloslantiruvchi 264 ta (162 ta fakticheski) korxona, suvlarni ifloslanishi 171 ta (111 ta fakticheski) va tuproqni ifloslantiruvchi 123 ta (103 ta fakticheski) korxonada.

Atrof muhitni ifloslantiruvchi  korxonalarga nisbatan iqtisodiy choralar ko‘rinadi. Masalan, 2017 yilda jarimalar va kompensatsion to‘lovlar 723,2 mln. so‘mni tashkil qildi, 2018 yil – 975,476 mln. so‘m va 2019 yilning 1- choragida – 1 mlrd 72,83 mln. so‘mni tashkil qildi.

Bugungi kunda Qo‘mita tomonidan atrof muhit monitoringi tizimini takomillashtirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda, jumladan Hukumat qarorining loyihasi ishlab chiqildi.

Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi Qo‘mita huzuridagi Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi negizida (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) shakllantirilishi va Markaz maxsus vakolatli davlat organlari hamda atrof tabiiy muhitning idoraviy monitoringini olib boruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar to‘planishi, saqlanishi, qayta ishlanishi va tahlil qilinishini ta’minlashi nazarda tutilgan.

O‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringini amalga oshirish hisobiga monitoring tizimini kengaytirish.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni kuzatish bo‘yicha avtomatik stantsiyalarni joriy qilish.

Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasida jamlangan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasining elektron ekologik xaritasini tuzish nazarda tutilgan. Xarita internet tarmog‘iga ochiq foydalanish, ekstrenniy vaziyatlarda qarorlarni zudlik bilan   qabul qilish va, albatta, aholining atrof muhit holati yuzasidan xabardorligini oshirish maqsadida joylashtiriladi.

Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi – atrof tabiiy muhitning ifloslanishi darajasini aniqlash, uning ekologik holatini baholash, salbiy jarayonlarning oqibatlarini prognozlashtirish va bartaraf etish maqsadida atrof tabiiy muhitning biotik va abiotik komponentlarining holatini, ularning ifloslanish va antropogen faoliyatning boshqa zararli ta’sirlari (jarayonlari) tufayli o‘zgarishini hamda tabiiy resurslardan foydalanishni tasdiqlangan dastur bo‘yicha muntazam kuzatish tizimi.

Atrof muhit  monitoringi quyidagilardan iborat:

– ifloslanish manbalari monitoringi;
– atmosfera ifloslanishi monitoringi;
– yer usti va yer osti suvlari ifloslanishi monitoringi;
– xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar monitoringi;
– yerning va yer ustidagi ekotizimning ifloslanishi monitoringi;
– fon monitoringi.


 

Useful resources