Diqqat, e’lon! Andijon viloyatidagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi
30.
08. 2021
07:17
4085
Tender

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali hududiy davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:

— Andijon viloyati statistika boshqarmasi Invectitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i;

— Xo‘jaobod tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi;

— Qo‘rg‘ontepa tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi bosh mutaxassisi;

— Buloqboshi tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi bosh mutaxassisi;

— Xo‘jaobod tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi bosh mutaxassisi;

— Andijon shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi bosh mutaxassisi;

— Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi;

— Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i;

— Paxtaobod tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi bosh mutaxassisi;

— Xonobod shahri bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i;

— Oltinko‘l tuman davlat soliq inspektsiyasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi bo‘lim boshlig‘i;

— Paxtaobod tuman davlat soliq inspektsiyasi Soliqqa oid huquqbuzarliklar bilan ishlash sho‘‘basi davlat soliq bosh inspektori;

— O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi Xo‘jaobod tuman bo‘limi yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha mutaxassisi;

— O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi Baliqchi tuman bo‘limi boshlig‘i;

— O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi Shahrixon tuman bo‘limi besh tashabbusni muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassisi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

Hujjatlar 2021 yil 27 avgustdan 5 sentyabrgacha shu kuni ham qabul qilinadi.

Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources