Qor qoploni va boshqa yovvoyi hayvonlar DNK tahlili asosida identifikatsiya qilinadi
13.
06. 2019
19:24
2054
News

O’zbekistonlik genetik olimlar biologik namunalarning DNK tahlili asosida qor qoploni va boshqa turdagi yovvoyi hayvonlarni identifikatsiyalaydi. Mazkur zamonaviy noinvaziv usul O’zbekiston va O’rta Osiyo hududida ilk bor qo’llaniladi, deya xabar qildi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

12−18 iyun kunlari BMTTD, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg’or texnologiyalar markazi va «Pantera» xalqaro jamg’armasi bilan hamkorlikda O’zbekiston olim-genetiklari uchun seminar-trening tashkillashtirildi. Trening BMTTDG’GEJ va O’zbekiston Respulikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi bilan hamkorlikdagi «Global ahamiyatga ega bo’lgan bioxilma-xillikni muhofaza qilish maqsadida muhim tog’li hududlarda o’rmonlardan va tabiat resurslaridan barqaror foydalanish va boshqarish» loyihasi doirasida o’tkazildi. Bioxilmaxillikning asosiy hududlarini mustahkamlash bo’yicha komponent doirasida loyiha tomonidan O’zbekistonda qor qoploni umumiy sonini baholash uchun genetik tahlil qo’llashda ko’mak ko’rsatilishi rejalashtirilgan.

Ushbu maqsadda BMTTD loyihasi ekspertlari xalqaro trenerlar — «Pantera» jamg’armasining «Qor qoploni» va «Tabiatni muhofaza qiluvchi genetika» dasturlarining direktori Bayron Vekvort va Delaver hamda Shimoliy Karolina shtati universiteti o’qituvchisi Imojen Kanchel o’zbekistonlik genetiklarni biologik namunalarning DNK tahlili asosida qor qoploni va boshqa turdagi yovvoyi hayvonlarni identifikatsiyalash usuli bilan tanishtirdi.

Qor qoploni (Panthera uncia) mushuksimonlar oilasiga kiruvchi yirik yovvoyi sut emizuvchi bo’lib, Shimoliy va Markaziy Osiyo hamda Himalay tog’larida yashaydi. Qor qoploni Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ro’yxati va u uchraydigan barcha mamlakatlarning Qizil kitoblariga kiritilgan bo’lib, yo’qolish xavfi yuqori bo’lgan yirtqich hayvon sifatida baholanadi.

O’zbekistonda bu hayvon yashaydigan hududlarning umumiy maydoni 10000 km² yoki global maydonning 0,36 foiziga teng. Qor qoploni G’arbiy Tyan-Shanning Chotqol, Pskent, Ugam va Kuramin tog’ tizmalari, shuningdek Pomir-Oloy tog’ tizimining G’issor, Turkeston, Zarafshon tog’ tizmalarida yashaydi. O’zbekistonda qor qoplonining soni 30−50 dan 80−120 gacha baholanadi.

Qor qoplonining yashashi uchun asosiy xavflar: yashash joylarining degradatsiyasi, o’g’rincha ovlash, uy hayvonlariga hamla qilgani uchun qasos o’laroq hayvonlarni o’ldirish, ilvirsni muhofaza qilish bo’yicha etarli bo’lmagan chora-tadbirlar va past xabardorlik.

O’zbekistonda qor qoplonini monitoring qilish dasturi doirasida BMTTD loyihasi, Ekologiya davlat qo’mitasi, O’zR Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti mutaxassislari tomonidan hayvonni tutmasdan va unga jismoniy ziyon keltirmasdan uni o’rganish va tekshirish imkonini beruvchi noinvaziv genetik tahlil usullarini qo’llash bo’yicha innovatsion texnologiya joriy qilinmoqda. Bunda o’zbekistonlik olimlar qor qoplonining bavl namunalarini laborator tahlil qilish orqali uning turi, jinsi va identifikatsiyasini aniqlash imkoniga ega bo’ladi. Mamlakatda qor qoplonining zichligi va sonini davriy baholash uchun noinvaziv genetik tahlil usuli yordamida O’zbekistonda qor qoplonini monitoring qilish dasturi amalga oshiriladi. Bu global miqyosda ilvirsni muhofaza qilish va yo’qolishi darajasini kamaytirish yo’lida muhim qadamdir va u O’zbekistonda amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Shu paytgacha 12 mamlakatning transchegaraviy hududida yashovchi mazkur noyob turni muhofaza qilish bo’yicha loyihalar ekspertlari genetik tahlil uchun barcha to’plangan namunalarni horijga yuborishadi. Yaqin kelajakda buni O’zbekistonda ixtisoslashtirilgan genetik laboratoriyalarida amalga oshirish ko’zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, BMTTDG’GEJ va O’zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi bilan hamkorlikdagi «Global ahamiyatga ega bo’lgan bioxilma-xillikni muhofaza qilish maqsadida muhim tog’li hududlarda o’rmonlardan va tabiat resurslaridan barqaror foydalanish va boshqarish» loyihasi 2017 yilning may oyidan amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining «2030 yilgacha bo’lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi» qarori doirasida loyiha tomonidan 15-maqsad — quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga ko’maklashish, o’rmonlardan oqilona foydalanish, cho’llanishga qarshi kurashish, erlarning emirilishini to’xtatish va ortga qaytarish, bioxilma-xillikning yo’qolib ketishi jarayonini to’xtatish amalga oshirilmoqda.
 

(Tekst: https://www.gazeta.uz/uz/2019/06/12/snow-leopard/ )

 

Aloqalar:
Tel.: Q99893 501 84 34
E-mail: elena.bykova@undp.org
Veb-sayt: www.uz.undp.org

 

Useful resources