Qozog‘iston Respublikasining Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazir o‘rinbosari boshligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi
10.
06. 2021
11:47
4322
Event

Qozog‘iston Respublikasining Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazir o‘rinbosari Aliya Shalabekova boshligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Qozog‘iston Respublikasi delegatsiyasini Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov kutib oldi.

Tashrif doirasida O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan sohada amalga oshirilayotgan tadqiqotlar xususan, manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini yetishtirishning ilmiy asoslari hamda istiqbolli texnologiyalari,olib borilayotgan qurg‘oqchilikka, kasallik va zararkunandalarga chidamli bo‘lgan o‘simliklar selektsiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar bilan tanishildi.

Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan delegatsiya Nukus shahriga uchib ketdi. Tashrif 2021 yil 12 iyunga qadar davom etadi.

Delegatsiya

Delegatsiya

Delegatsiya

Delegatsiya

Delegatsiya

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources