Qizil kitobga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi
26.
04. 2019
13:38
11337
News

25 aprel. Qoraqalpog‘iston Respublikasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil noyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 yanvardagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 37-son qarori bilan belgilangan vazifalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda «Falcon Hunting Solutions» kompaniyasi tomonidan «Orolga hayot qaytmoqda» – shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlar Mo‘ynoq hamda Qo‘ng‘irot tumanlarida tabiatga qo‘yib yuborildi.

Tabiat qo‘yniga 1.000 bosh qush uchirma qilingan bo‘lib, ular SHayx Mansur ibn Zayd Al Naxayyan tashabbusi bilan Birlashgan Arab Amirliklari Abu Dabi shahridagi «International Fund For Houbara Conservation» markazida ko‘paytirilib, Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda «Falcon Hunting Solutions» kompaniyasi bilan hamkorlik bitimi doirasida mamlakatimizga olib kelindi.

Joriy yil mart oyida ham 2.382 bosh yo‘rg‘a tuvaloq Qizilqum cho‘li yalangliklariga qo‘yib yuborilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960-yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.

Useful resources