Qo‘mita raisining Qashqadaryodagi sayyor qabuli
08.
04. 2021
17:54
4400
News

2021 yil 8 aprelь kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maksudov Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari davomida tizimda mehnat qilayotgan xodimlar bilan bevosita uchrashib, oldimizda turgan vazifalarni bajarish, izchil islohotlarning muvaffaqiyatini taъminlash yuzasidan muloqot qildi.

Hududiy boshqarmada faoliyat olib borayotgan mutaxassislar uchun yaratilgan sharoitlar, tarmoqning moddiy texnika bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni barataraf etish haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Qo‘mita raisi shu kunning o‘zida Qashqadaryo viloyatida istiqomat qilayotgan fuqarolarning sohaga oid murojaatlarini tinglab, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yuzasidan to‘planib qolgan masalalar bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazdi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, vaqt va o‘rganish talab qiladigan masalalarga yechim topish to‘g‘risida ishchi guruhlariga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qatъiy nazoratga olindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources