BMT Yevropa iqtisodiyoti komissiyasi mintaqasi uchun barqaror rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy forumi
17.
03. 2021
11:27
4522
Event

2021 yil 16 mart kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi vakillari barqaror rivojlanish va COVID-19 pandemiyasidan keyingi tiklanish bo‘yicha mintaqaviy forum yalpi yig‘ilishlarida ishtirok etdi.

Tadbirda shuningdek, BMT Yevropa iqtisodiyoti komissiyasining ijrochi kotibi, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Olga Algaerova, YuNESKOning Yevropadagi fan va madaniyat bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori Ana Luiza Masso Tompson-Flores ishtirok etdi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi vakillari «Barqaror rivojlanish uchun hamkorlik: 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Kun tartibidagi ekologik va iqlim bilan bog‘liq maqsadlarga erishishni jadallashtirish tashabbuslari» ga bag‘ishlangan yalpi majlisda sohaga oid, shu bilan birga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish idoralarining iqtisodiyot, xususan, mamlakatimiz investitsiya sektori bilan samarali hamkorlikning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etdi.

Mintaqaviy forumi

Mintaqaviy forumi

Mintaqaviy forumi

Mintaqaviy forumi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources