Hashar – mamlakatimiz uchun ezgu qadriyat
13.
03. 2021
16:17
481
News

Ko‘ngildan boshlangan obodlik, yaratish-yashnatish ishtiyoqi ona-Vatanga, tabiatga cheksiz mehr-muhabbat ifodasiga aylanib, borliqqa ko‘rkamlik, go‘zallik bag‘ishlaydi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi «Obod va ko‘rkam mahallam» obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari doirasida aholining atrof-muhitni muhofaza qilishga o‘z xissasini qo‘shishga ko‘maklashish, hududlarni tozalash, daraxt ko‘chatlarini ekish maqsadida 13-14 mart kunlari respublika bo‘ylab tozalash hamda ko‘chat ekish akiyalarini tashkil etmoqda.

Toshkent. Hashar.

Toshkent. Hashar.

Toshkent. Hashar.

Umumxalq hashari tufayli barcha hududlar obod va fayzli maskanlarga aylanishi rost. Chunki, xalqimizning hayotidan ko‘ngli to‘lib, ertangi kunga intilishi, ishonchi ortgan bir davrda bu kabi qadriyatlar barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish tuyg‘usini shakllantirishga, shuningdek, ona tabiatni asrash, kelajak avlodga bus utun yetkazishga xizmat qiladi.

Respublika bo‘ylab tashkil etiladigan umumxalq xayriya hasharida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan jami 60 ming dona ko‘chat va qalamchalar ekish rejalashtirilgan.

Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan «Bolajon» bog‘ida start berilgan aktsiyada 100 dan ortiq Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi xodimlari, faol fuqarolar bir maqsad sari birlashib, bog‘da obodonlashtirish ishlarini amalga oshirib, 7 tonna chiqindi olib chiqildi.

Shu bilan birga mazkur bog‘da 100 dan oshiq manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ayni damda butun respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan aktsiyalarda 14 ming 600 tup ko‘chat va qalamchalar ekildi. Ekish ishlari davom etmoqda.

Toshkent. Hashar.

Toshkent. Hashar.

Toshkent. Hashar.

Toshkent. Hashar.

Toshkent. Hashar.

Toshkent. Hashar.

Toshkent. Hashar.

Toshkent. Hashar.

Toshkent. Hashar.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


Useful resources