Buyuk Britaniya Oksford hamda Kent universitetlarining ilmiy kengash vakillari bilan onlayn uchrashuv
01.
03. 2021
19:32
4326
News

Kuni kecha Davlat ekologiya qo‘mitasida Buyuk Britaniya Oksford hamda Kent universitetlarining ilmiy kengash vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda biologik xilma-xillikni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlikda ilmiy izlanishlarni olib borish, mazkur yo‘nalishlarda onlayn treninglarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Oksford universiteti professor Miller Gallend hamda Kent universiteti Djozef Bull onlayn o‘quv kurslari bilan birga Qo‘mita tizimi xodimlarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish maqsadida Buyuk Britaniya universitetlariga tashrif buyurish taklifini ma’lum qildilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida memorandumni imzolashga kelishdilar.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources