Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on va Narpay tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini DXSh asosida tashkil qilish loyihasi uchun QIZIQISH BILDIRISH E’LONI!
03.
02. 2021
12:01
4371
Tender

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 765-sonli “Sаnitаriya jihаtidаn tozаlаsh sohаsidа xizmаtlаr koʼrsаtish fаoliyatini аmаlgа oshirish uchun hududlаrni biriktirish tаrtibini tаkomillаshtirish chorа-tаdbirlаri toʼgʼrisidа” gi qarori qabul qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 sentyabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog`liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi PQ-4845-sonli qarori qabul qilingan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020 yil 10 avgustda o‘tkazilgan 63-yig‘ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on va Narpay tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish yuzasidan loyiha kontseptsiyasi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi kontsepsiyasini potentsial davlat sherigi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi) hamda vakolatli davlat organi (Agentlik) tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasining kontseptsiyasini boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.

     Tenderda ishtirok etish istagi bo’lgan tomonlar o’zlarining qiziqish uchun so’rovlarini 2021 yil 19-mart kuni, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar topshirishlari lozim.

     Qiziqish bildirish uchun tasdiqlangan so’rov formasi va xujjatlar (hisobotlar) to’liq hamda o`z vaqtida  taqdim qilinmagan taqdirda berilgan takliflar rad etiladi.

Murojaat uchun:

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi,

Manzil: 100047, Toshkent shahar, Yashnabod tumani, To‘ytepa ko‘chasi 2-a uy.

Ma’sul xodimlar: O.Raxbarov, M.Xursanov.

E-mail: info@uznature.uz

Tel: 71 207-07-70 (1072#, 5003#) 99 845-97-04, 90-272-04-40.

———————————————————————————–

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz,

Tel: 71-203-03-07

Useful resources