9 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan kun
09.
12. 2020
12:36
18591
Event

O‘zbekiston Respublikasining ilk mustaqillik yillaridanoq ushbu Davlat ahamiyati va jamiyatga molik bo‘lgan muhim sanalar qatorida tabiatni muhofaza qilish sohasiga nechog‘lik e’tibor qaratilganligini ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni 1992 yil 9 dekabr kuni qabul qilingan, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida dastlabki qabul qilingan qonun hisoblanib, qonun 11 ta bob va 53 ta moddadan iborat.

Ushbu Qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Qonunning asosiy maqsadi inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim ob’ektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir.

Shu munosabat bilan, barcha ekologiya sohasi vakillari hamda keng jamoatchilikni «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilingan sana munosabati bilan qutlab qolamiz va kelgusidagi sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources