Chilonzor tumani Gagarin ko‘chasidagi daraxt kesilishi holati yuzasidan
18.
11. 2020
18:31
154
Econadzor

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali poytaxtimizning Chilonzor tumani Gagarin ko‘chasida noqonuniy daraxt kesilishi bilan bog‘liq xabarlar joylashtirildi.

Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan holat o‘rganilganda, Chilonzor tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan aholining ko‘p sonli murojaatlariga asosan yuqorida bayon etilgan manzilda qurigan daraxtlarni sanitar kesish yuzasidan xulosa taqdim etish to‘g‘risida murojaat qilingan. Mazkur murojaat joyiga chiqib o‘rganilgan hamda fuqarolarning sog‘lig‘i hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan,oltita qurigan hamda kasallangan daraxtlarga xulosa berilgan.

2020 yil 18 noyabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi, Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi hamda jamoatchilik vakillaridan iborat guruh holat joyiga chiqib, bayon etilgan masalani joyida o‘rgandi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘rganish yakunlariga muvofiq oltita daraxt tabiiy omillar ta’sirida zararlanib, qurigan daraxtlar qonuniy kesilganligini, shuningdek, bir dona chinor daraxti Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan noqonuniy kesilganligini ma’lum qiladi.

Ayni damda noqonuniy kesilgan daraxt yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda. O‘simlik dunyosiga keltirilgan zarar 42,9 mln sumni tashkil etdi. Ushbu zararni undirish uchun hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources