«UzWaterAware» loyihasi suv bo‘yicha savodxonlikni oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijalarini sarhisob qilmoqda
28.
10. 2020
20:16
330
Event

2020 yilning 28 va 30 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) tomonidan Evropa Ittifoqi ko‘magi ostida amalga oshirilgan UzWaterAware loyihasining yakuniy va hisobot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

UzWaterAware loyihasi (to‘liq nomlanishi: “O‘zbekistonda suv va ekologiyani barqaror rivojlantirish bo‘yicha xabardorlikni oshirish va hamkorlik. 3-komponent”) Yevropa Ittifoqining yirik loyihasi — “O‘zbekistonning qishloq joylarida suvni barqaror boshqarish" dasturining 3-komponenti, ya’ni bir qismi hisoblanadi, uning milliy hamkori — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi. Loyiha 2016 yilning noyabr oyidan 2020 yilning noyabr oyiga qadar mamlakatimizning 9 viloyati va Toshkent shahrida amalga oshirildi.

Aholi keng qatlamlarining iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishning ahamiyati haqida xabardorlik va bilim darajasini oshirish, shuningdek, vazirliklar va ularning matbuot xizmatlari, NNT, yoshlar tashkilotlari hamda OAV bilan hamkorlikni va o‘zaro aloqalarni mustahkamlash kabilar loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsadlardir.

Asosiy yakuniy tadbirni O‘zR Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari (loyihaning milliy hamkori) Akmal Mirzaev, YeIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Fransua Bejo, MOMEM Ijrochi direktori Zafar Mahmudov, “Suvchi” NNT direktori (loyihaning hamijrochisi) Toxir Majidov, shuningdek YeIning yuqorida keltirilgan Dasturining boshqa komponentlari menejeri d-r Karolina Milov (1-komponent, GIZ) va mutaxassis Malika Ikromova (2-komponent, BMT TR) ochib berishdi.

«3-komponent doirasida Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatining Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi, nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik rishtalari mustahkamlandi. Bu hamkorlik suv xo‘jaligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirilishi to‘g‘risida aholining xabardorligini va bilimlarini oshirish yo‘lida birgalikda sa’y-harakatlar olib borish imkonini berdi. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi kelgusida xuddi shu kabi loyihalarni amalga oshirish uchun hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildiradi», - deydi vazir o‘rinbosari Akmal Mirzaev.

Loyihaning natijalarini sarhisob qilish va erishilgan yutuqlarni muhokama qilish uchun xalqaro va davlat tashkilotlari vakillari, shuningdek, bevosita faol hamkorlar va loyiha ishtirokchilari – nodavlat tashkilotlar vakillari, ekspertlar, jurnalistlar taklif etildi.

“Evropa Ittifoqi suv resurslarini Markaziy. Osiyo mintaqasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Tegishli vazirliklarning matbuot xizmatlari, OAV va NNT o‘rtasida yaratilgan keng hamkorlik tarmog‘i "O‘zbekistonning qishloq joylarida suv resurslarini barqaror boshqarish" dasturi doirasidan tashqarida ham o‘zaro hamkorlikni davom ettirishiga chin dildan umid qilib qolaman, — deydi Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi Delegatsiyasining hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Fransua Bejo. Ishonchim komilki, aholi uchun suvni tejash amaliyotlari singari dadil choralarni hozirdanoq ko‘rsak, kelajakda yo‘limizda ko‘ndalang turishi mumkin bo‘lgan oldindan taxmin qilinadigan muammolarni chetlab o‘ta olamiz. Shu maqsadda biz suv resurslarini boshqarish va tabiiy. resurslardan barqaror foydalanish usullarini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz”.

30 oktyabr kuni tadbirlar rasmiyatchilikdan biroz yiroqroq shaklda o‘tkaziladi va loyihaning faol ishtirokchilari — hamkor NNTlar, jurnalistlar, ekspertlar hamda suv-ekologiya sohasidagi idoralar matbuot xizmatlari vakillarini jamlaydi.

“Hamkor NNTlar, jurnalistlar va ko‘plab tadbirlarimizning ishtirokchilari bir necha marotaba ta’kidlaganidek, UzWaterAware haqiqatan ham noodatiy, yorqin hamda ko‘p jihatdan pozitiv-eksperimental loyihaga aylandi, - ta’kidlaydi loyiha menejeri, MOMEMning O‘zbekistondagi filiali direktori Shahnoza Umarova. – Loyiha nostandart yondoshuvlarni va suv-ekologiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni turli tadbirlar orqali, shu jumladan, maqsadli auditoriya uchun tushunarli shaklda tayyorlangan “bilim mahsulotlarini qiziqarli qilib yetkazib berish mumkinligini dadil namoyon etdi. Chunki suv mavzusi, ayniqsa, suv resurslaridan oqilona foydalanish mavzusi yoshimiz, faoliyat sohamiz va qiziqishlarimizdan qat’iy nazar har birimizga taalluqlidir. Ayniqsa, suv resurslari nisbatan cheklangan hududda yashayotganimizni inobatga oladigan bo‘lsak, bu ayniqsa dolzarb masala. Agar umumiy yechimlar haqida hozir o‘ylab ko‘rmasak, kelgusida bizlarni umumiy muammolar kutmoqda. Aynan shular – muammolar va yechimlar haqida – ko‘plab suv tejash mavzusiga bag‘ishlab o‘tkazilgan eko-marafonlar va eko-darslar, treninglar, mahorat-darslari, respublikamiz viloyatlari hamda Yevropa mamlakatlari – Ispaniya va Germaniyaga uyushtirilgan sayyor demo- hamda stadi-safarlar doirasida UzWaterAware loyihasi o‘z hamkorlari bilan birgalikda so‘zlab berdi va ularni ko‘rsatib berdi ham”.
 

«BILIM MAHSULOTLARI» — «UzWaterAware» loyihasi maqsadlarining barqarorligi namunasi

O‘z ishini tugallaganidan keyin UzWaterAware loyihasi keng qamrovda va bepul tarqatish uchun maxsus ishlab chiqilgan “bilim mahsullari”ni meros qoldirmoqda:

suv haqidagi 5 ta animatsion rolik, suv-ekologiya darsini o‘tkazish uchun tayyor qo‘llanma formatida yaratilgan (rus, o‘zbek va ingliz tillarida). Ularni YouTube dagi UzWaterAware Project kanali hamda mazkur roliklarni e’lon qilgan Internet-OAV va hamkorlarning saytlaridan yuklab olish yoki ko‘rish mumkin;

1 ta ta’lim onlayn-platformasi: www.uzwateraware.uz, unda “Barqaror rivojlanish maqsadida suvdan oqilona foydalanish masalalarini yoritish” mavzusidagi bilim beruvchi onlayn kurs joylashtirilgan (ZJRM bilan hamkorlikda talabalar, yosh jurnalistlar va suv hamda ekologiya masalalarini yoritishga qiziqqanlarning barchasi uchun mo‘ljallangan (kontent o‘zbek va rus tillarida);

suv haqida 2 ta yorqin bezakli kitob elektron formatda: “Bebaho suv haqida qimmatli bilimlar” bolalar kitobi (o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida), hamda kitobxonlarning keng ko‘lami uchun mo‘ljallangan “Suv yo‘li kitobi (rus va o‘zbek tillarida). Ularni www.carececo.org saytida ko‘rish va yuklab olish mumkin.

Loyiha hammuallifi “Suvchi” NNTning ishi oltita viloyatga yo‘naltirilgan edi, bular: Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Loyihani amalga oshirish jarayonida 2017 yildan boshlab “Suvchi” NNT maxsus ishlab chiqilgan va tayyorlangan axborot taqdimotlari va materiallaridan foydalangan holda 4300 dan ortiq qatnashchi uchun aholi bilan suv va ekologiya masalalari bo‘yicha seminarlar, OAV va yoshlar bilan tematik davra suhbatlari, jurnalistlar, NNT vakillari va mahalliy mutaxassislar uchun treninglar, bolalar uchun interaktiv tadbirlar, suv xo‘jaligi ob’ektlariga media-safarlar tashkil etdi va o‘tkazdi. “Suvchi” NNT faoliyati tufayli 300 dan ortiq jurnalistik asarlar viloyatlar nashrlari va televidenieda tayyorlandi.

Shuningdek, UzWaterAware loyihasi doirasida hamkor NNTlar quyidagilarni tayyorladilar:

OAV va NNT uchun uslubiy qo‘llanmalar (JTM va BORDA (Germaniya) uchta tilda ishlab chiqildi);

– o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanma va bolalar uchun o‘quv materiallari (“Ekomaktab” NNT tomonidan rus va o‘zbek tillarida ishlab chiqilgan);

– suv-ekologiya onlayn viktorinasi kontenti, 36 ta savol-javobdan iborat (Potrebitel.uz Facebook platformasi tomonidan ishlab chiqilgan).

Aka-uka Xasan va Xusanlarning oilalari UzWaterAware loyihasining qahramonlariga aylanishdi. Oilalarning biri suvni tejash va hurmat qilish kerakligini biladi va shunday qiladi ham. Boshqasi esa bu haqda shunchaki biladi, lekin uni asramaydi. Loyihaning shiori va xeshteglari sifatida suvga tejamkorona va aynan hurmat bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini tarbiyalashga qaratilgan “suvni hurmatlang – uvajayte vodu – respect water” birikmasi tanlandi, axir suvsiz hayot ham bo‘lmasdi. Loyiha xeshteglari: #suvnihurmatlang, #uvajaytevodu, #respectwater.
 

«UzWaterAware» loyhasi raqamlar va hodisalarda

UzWaterAware loyihasi doirasida tadbirlarni birgalikda amalga oshirishga hamda MOMEMning O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikka mamlakatning 9 TA FAOL SUV-EKOLOGIYa SOHASIDAGI NNTLARI, aynan esa O‘zbekiston Ekologik harakati, “Yuksalish” umummilliy harakati, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi (JTM), Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (ZJRM), Xorazmning KRASS agro-konsalting markazi (Urganch), “Ekomaktab” NNT, “Salomatlik plyus ekologiya” NNT (Qo‘qon), “Ekologik toza Farg‘ona uchun” NNT (Farg‘ona), “Rodnichok” NNT (Toshkent viloyati) jalb etildi.

Butun respublikamiz bo‘ylab 35 TA SUV-EKOLOGIYa SOHASIDAGI NNT xodimlari UzWaterAware loyihasining viloyatlardagi mahalliy hokimiyat organlari ko‘magida asosiy NNT bilan birgalikda amalga oshirilgan turli sayyor treninglar va demo-turlarda qatnashdilar.

Davlat tashkilotlari – O‘zR Suv xo‘jaligi vazirligi va O‘zR Davlat ekologiya ko‘mitasi hamda ularning matbuot xizmatlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatildi. UzWaterAware loyihasi doirasida ushbu bo‘limlarning matbuot xizmatlari mahalliy va xorijiy ma’ruzachilar va murabbiylar ishtirokidagi ixtisoslashtirilgan professional yo‘naltirilgan tadbirlar, treninglar, demo-turlar ishtirokchilari bo‘lishdi. Asosiy e’tibor ushbu matbuot xizmatlari, NNT va OAV o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga qaratildi, shuning uchun loyihada ushbu maqsadli guruhlar uchun birgalikdagi tadbirlar tashkil etildi. Loyiha tashkilotchilarining fikriga ko‘ra, ushbu o‘zaro hamkorlik suv resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish va ulardan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston aholisining xabardorligini oshirish maqsadida barqarorlikni va doimiy ravishda ma’lumotlarning keng tarqalishini ta’minlaydi.

Hammasi bo‘lib UzWaterAware loyihasini amalga oshirish davomida sheriklar bilan birgalikda 100 ga yaqin turli formatdagi TADBIRLAR o‘tkazildi, aynan esa:

– NNT, OAV va matbuot xizmatlari uchun mahalliy va xalqaro trenerlar bilan 22 ta SEMINAR VA TRENING;

– bolalar va o‘qituvchilar uchun 30 dan ortiq EKO DARSLAR;

– Suvni tejaydigan texnologiyalar (tomchilatib sug‘orish, gidrogel) bo‘yicha FERMERLAR UChUN 5 MAHORAT DARSI;

– O‘zbekistonda va Qoraqalpog‘iston Respublikasida SINOV OB’EKTLARIGA 10 TA DEMO-TUR;

– Orol bo‘yi hududi, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropaga 7 ta MEDIA VA STADI SAYoHATLAR;

– Respublikaning turli mintaqalarida 5 ta EKO-MARAFON;

– Suv mavzusida 7 TA IJODIY TANLOV va BITTA bilim beruvchi 12 haftalik onlayn viktorina;

– TIQXMMI talabalarining suvni tejash bo‘yicha 4 ta loyihasini qo‘llab-quvvatlovchi 1 ta MINI-GRANTLAR DASTURI;

OAV, NNT, yoshlar uchun davra suhbatlari va media-brifinglar, faol suv-ekologiya sohasi NNT vakillari bilan har yillik uchrashuvlar.

Hammasi bo‘lib 2016-2020 yillar mobaynida 250 ga yaqin NNT vakillari, jurnalistlar va blogerlar, shuningdek, O‘N MINGLAB maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar, fermerlar, jamoat faollari UzWaterAware loyihasining benefitsiarlari va ishtirokchilariga aylanishdi.

Loyihani amalga oshirishda OAV VAKILLARI, JUMLADAN VILOYaTLAR TAHRIRIYaT VA BLOGERLARINING faol jalb etilishi natijasida axborot makonida suv va ekologiya mavzularida 600 DAN ZIYoD BOSMA, ONLAYN, AUDIO VA VIDEO MATERIALLAR taqdim etildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources