Samarqand viloyati: O‘zboshimchalik bilan qum qazib olgan shaxs jarimaga tortildi
13.
10. 2020
01:12
4532
Econadzor

2020 yil 11 oktyabr kuni viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan Samarqand tumani hududida o‘tkazilgan navbatdagi reyd kuzatuv tadbirida «Darg‘om» kanali o‘zanidan noqonuniy tarzda qum qazib olinayotgani aniqlandi.

Xususan, shu tumanda yashovchi Sh.R. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Draglayn» rusumli ekskavator yordamida tuman hududidan oqib o‘tuvchi «Darg‘om» kanali o‘zanidan qum qazib olib, yuk avtomashinalariga yuklab bergan. U bu xatti-harakati bilan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasi, «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 35-moddasi talablarini buzgan.

Huqubuzarga nisbatan  ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Endi uning bu noqonuniy harakati uchun jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati

Manba: http://zarnews.uz/geu

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


Useful resources