Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > BO'SH ISH O'RINLARI

BO'SH ISH O'RINLARI

 

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish davlat qo'mitasi Y
uridik bo‘limining bosh mutaxassis lavozimiga mavjud bo‘sh ish o‘rni haqida e’lon

Lavozim majburiyatlari:

• Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasiga kelib tushgan va qo‘mita tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy aktlarning tizimli hisobini yuritish;

• Qonunchilikni, ayniqsa, davlat qo‘mitasi faoliyatiga taalluqlilarini targ‘ib qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;

• davlat qo‘mitasi vakolatiga kiruvchi Qonunchilikda belgilangan materiallar asosida  qonunchilik to‘plamlarni nashrga tayyorlash;

• shartnomalar tayyorlash va uni yakuniga yetkazishda ishtirok etish, ularni qonunchilikka muvofiq o‘rganish;

• shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishda belgilangan tartibdagi nazoratni amalga oshirish;

• davlat qo‘mitasi manfaatlarini himoya qilishda da’vo-talablar va boshqa hujjatlar tayyorlashda ishtirok etish;

• shartnoma munosabatlarida kelib chiqqan bahslar bo‘yicha da’vo ishlarini kiritish;

• davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi bo‘linmalarning huquqiy ishlarida maqsadga muvofiq ravishda uslubiy ko‘mak berish.

Bilish shart:

• tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasi bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;

• mehnat qonunchiligi;

• tabiat muhofasi bilan bog‘liq uslubiy materiallar, qonunlar hamda me’yoriy-huquqiy aktlar;

• zamonaviy informatsion texnologiyalardan yuridik xizmatlar ko‘rsatishda foydalanish ehtimoli;

• mehnat muhofazasining qoidalari va me’yorlari.

Nomzodga qo‘yiladigan malakaviy talablar:

• oliy yuridik ma’lumot;

• davlat organlari yoki xo‘jalik boshqaruvi organlari yuridik xizmatida kamida 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat staji;

• o‘zbek va rus tillarini erkin ishlata bilish;

• Kompyuter bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish (MS Word, Excel, PowerPoint and other office programs);

• tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyati, mantiqiy fikrlash, tang vaziyatlarda ishlay bilish mahorati.

Ish haqi va moddiy rag‘batlantirish:

Oylik ish haqi fondi, lavozim maoshidan kelib chiqib ustama haq (ish natijalariga muvofiq), ovqat va yo‘l xarji haqi, bir yilda bir marotaba moddiy yordam, yil davomida 2 lavozim maoshida mukofot, bayram mukofotlari, O‘zR Mehnat Kodeksiga muvofiq ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishchanlikni tiklash maqsadida bir yilda bir marotaba mehnat ta’tili taqdim qilinadi.

 

Bog‘lanish uchun shaxslar:  Bozorov Jumanazar Rashidovich, Aripdjanov Shuxrat Muradovich

Manzil: Toshkent sh., Yashnabod tumani, Toytepa ko‘chasi, 2A-uy.

Tel: +99871 - 207-07-70 (1021#), +99871 - 207-07-70 (1007#)

e-mail:  info@uznature.uzkadr@uznature.uz, aripdjanov@uznature.uz.


2016-12-04

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika