Hodisalar

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Jamoatchilik kengashi

 

      

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi qoshida

atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo'yicha

Jamoatchilik kengashi to'g'risida

NIZOM

 Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi (keyingi o'rinlarda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi ) qoshidagi Jamoatchilik kengashining maqomi, maqsadi, vazifalari va faoliyatining yo'nalishlarini belgilab beradi.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo'yicha Jamoatchilik kengashi (keyingi o'rinlarda Kengash) Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi oldida turgan vazifalarni hal qilishga ko'maklashish uchun tashkil etilgan konsultativ maslahat beruvchi organ hisoblanadi.

1.2. Kengash Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi organlarining atrof-muhit va oqilona foydalanish, ular tomonidan ekologik siyosatni shakllantirish va amalga oshirish, shuningdek, me’yoriy-huquqiy hamda me’yoriy-texnik hujjatlar loyihalarini tayyorlash jarayonlari sohasida boshqaruv qarorlarini qabul qilishda jamoatchilik tashkilotlari hamda fuqarolarning ishtirok etish shakli hisoblanadi.

1.3. Kengash faoliyatining huquqiy asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi to'g'risidagi Nizom, Prezident qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari hamda farmoyishlari, shuningdek mazkur Nizom tashkil etadi.

1.4. Kengash Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi qoshida doimiy amal qiluvchi kollegial organ hisoblanadi va o'z faoliyatini jamoatchilik yo'li bilan amalga oshiradi. Uning qarorlari tavsiya etiladigan xarakterga ega.

1.5 Kengash faoliyatining tashkiliy-texnik kuzatuvini Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining Fan-texnika taraqqiyoti, targ'ibot va tashviqot bo'limi ta’minlaydi.

2. Kengashning maqsad va vazifalari

2.1. Kengash faoliyatining maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qarorlarni ishlab chiqish hamda qabul qilishda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasiga ko'maklashish hisoblanadi.

2.2. Kengashning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

2.2.1. atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari bo'yicha hokimiyat va mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoatchilik uchun Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasiga tavsiyalar, takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

2.2.2. atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari bo'yicha tashabbuslarni namoyon qilish va amalga oshirishda jamoatchilik ishtiroki uchun sharoitlarni yaratish ko'maklashish;

2.2.3. ekologik muammolarni hal qilishda jamoatchilik ishtiroki mexanizmlarini rivojlantirishga ko'maklashish; 

2.2.4. atrof-muhit, oqilona foydalanish va barqaror rivojlanish sohasida fuqaro tashabbuslarining qo'llab-quvvatlash;

2.2.5. aholi ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha tadbirlarda ishtirok etish;

2.2.6. atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qonunchilikni qo'llash amaliyotini takomillashtirish masalalari bo'yicha me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish.

3.Kengash funksiyalari

3.1. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish qonunchiligi hamda amaliyotini takomillashtirish masalalari bo'yicha fuqarolar va jamoatchilik birlashmalarining takliflarini yig'ib, umumlashtirib, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasiga taqdim etish.

3.2. Ekologik siyosatni takomillashtirish, ekologiya va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari yuzasidan konsultativ-ekspert vazifalarni bajarish masalalari bo'yicha takliflarni tayyorlash.

3.3. Atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida organlar hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi organlari mansabdor shaxslarining huquq ijodkorligi faoliyatida informatsion ko'mak berishni ta’minlashda ishtirok etish.

3.4. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ'ib qiluvchi ko'rgazmalar, boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish hamda o'tkazishda ishtirok etish.

3.5. Ekologik ta’lim va barqaror taraqqiyot maqsadlarida ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ularni amalga oshirishda ko'mak berish.

3.6. Atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida jamoatchilik hamda xo'jalik faoliyati sub’yektlari o'rtasidagi manfaatlarda qarama-qarshiliklarni bartaraf etish bo'yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish

3.7. Atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida me’yoriy-huquqiy aktlar va me’yoriy-texnik hujjatlar loyihalarining muhokamasida ishtirok etish.

4. Kengash tarkibi va rahbariyat

4.1. Kengashga Kengash Raisi (keyingi o'rinlarda Rais), yo'qligida Kengash rais o'rinbosari boshchilik kiladi.

4.2. Rais va uning o'rinbosari Kengashning birinchi tashkiliy yig'ilishida uch yil muddatga saylanadi hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisining buyrug'i bilan tasdiqlanadi.

4.3. Kengash tarkibiga jamoatchilik va ilmiy tashkilotlar, OUYU, NNT vakillari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tizimi mutaxassislari, shuningdek, professional ko'nikmaga ega va (yoki) kimningdir professional yoki jamoatchilik faoliyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq bo'lgan shaxslar kirishi mumkin.

4.4. Kengash a’zolarini jamoatchilik, ilmiy tashkilotlar, NNT, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi bo'linmalari saylashi va delegat qilishi mumkin. Kengash a’zolarining amal qilish muddati va vakolotlarini bekor qilish tartibi delegat qiluvchi tashkilot tomonidan aniqlanadi. Kengash a’zolarining vakolotlari boshqa vakil delegat qilinmaguncha saqlanib turadi.

5. Kengash ishlarini tashkil qilish

5.1. Kengash Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining Kengash Nizomi va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to'g'risidagi buyrug'i qabul qilingandan so'ng tashkil topgan hisoblanadi va o'z vakolotlarini amalga oshirishni boshlaydi.

5.2. Kengash qarori uning yig'ilishlarida qabul qilinadi. Kengash yig'ilishlari yakunlari bo'yicha yig'ilish bayoni hamda Rais va mas’ul kotib imzolaydigan qaror rasmiylashtiriladi.

5.3. Kengash yig'ilishi tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq, qoidaga asosan, yarim yilda bir martadan kam bo'lmagan holda o'tkaziladi.

5.4. Muhim qarorni talab qiladigan muammolar bo'yicha tavsiyalarni ishlab chiqish uchun Kengashning navbatdan tashqaridagi yig'ilishi o'tkazilishi mumkin.

5.5. Kengash o'xshash xarakterdagi alohida muammolar hamda masalalarni o'rganish va tahlil qilish uchun seksiyalar, komissiyalar hamda ishchi guruhlarni tashkil etishi mumkin. Seksiyalar, komissiyalar hamda ishchi guruhlarning tarkibi, vakolati va faoliyati tarkibi Kengash tomonidan aniqlanadi.

5.6. Kengash yig'ilishlarini tashkil etish Rais bilan kelishilgan holda mas’ul kotib tomonidan amalga oshiriladi.

5.7. Kengash yig'ilishi kun tartibining loyihasi Kengash mas’ul kotibi tomonidan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi Raisi, Kengash a’zolarining takliflari bo'yicha tuzilgan yillik ish reja asosida shakllantiriladi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi Raisi bilan kelishilgan holda Kengash yig'ilishida tasdiqlanadi.

5.7. Kengash kun tartibiga qo'yiladigan takliflar yozma ko'rinishda bo'lishi, ko'riladigan masalaning aniq ifodasi, ko'rib chiqish muddati, hujjatlar hamda qarorlar loyihalarini tayyorlash uchun mas’ullarning familiyasini o'zida aks ettirishi lozim.

5.8. Kengashning navbatdagi yig'ilish kun tartibi loyihasi uning o'tkaziliguniga qadar 10 ish kunidan kam bo'lmagan holda mas’ul kotib tomonidan Kengashning barcha a’zolariga yetkaziladi.

5.10. Kengash yig'ilishi, agar unda Kengash a’zolari ro'yxati tarkibining yarmidan ko'pi ishtirok etsa  qonuniy huquqga ega bo'ladi.

5.11. Har bir Kengash a’zosi bitta ovoz berish huquqiga ega. "Rozi" va "qarshi" ovozlarning tengligida Raisning fikri hal qiluvchi deb tan olinadi. Qaror qabul qilingan hisoblanadi qachonki, kvorum mavjud bo'lib (Kengash tarkibi ro'yxatining yarimidan ko'pi), unga Kengash a’zolarining ko'pchiligi ovoz bergan bo'lsa.

5.12. Odin chlen Soveta ne mojet obladat pravom boleye odnogo delegirovannogo yemu golosa. Kengashning bir a’zosi unga berilgan bir ovoz berish vakolatidan ortiq ovoz berish huquqiga ega emas.

5.13. Kengash a’zolari ovoz berishda kamchilikda qolib va ko'pchilik fikriga norozi bo'lishsa, yig'ilish bayoniga majburiy tartibda kiritiladigan o'zlarining alohida fikrlarini bayon etishlari mumkin.

5.14. Kengash Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi rahbariyatiga Kengash faoliyatini takomillashtirish, uning tarkibini o'zgartirish, Nizomga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish hamda uning kompetensiyasiga aloqador boshqa masalalar bo'yicha takliflarni ishlab chiqadi va  taqdim etadi.

5.15. Qabul qilingan qarorlar Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining veb-saytiga joylashtirilishi va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi mumkin.

6. O'z funksiyalarini amalga oshirish uchun Kengash haqli:

6.1. Kengash yig'ilishida ishtirok etish uchun Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tizimining tuzilmaviy bo'linmalari rahbarlarini, mutaxassislarni Kengash yig'ilishiga taklif etish va atrof-muhit hamda tabiiy resurslardan  oqilona foydalanish sohasiga kiruvchi masalalar bo'yicha tushuntirishlar, maslahatlar, izohlarni eshitish hamda axborotlarni olish;

6.2. Kengashga yuklatilgan funksiyalarni amalga oshirish hamda masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan axborotni Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi organlaridan so'rash va olish;

6.3. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi organlariga atrof-muhit va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari bo'yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish;

6.4. ilmiy-amaliy anjumanlar, jamoatchilik eshituvlarini o'tkazishda ishtirok etish hamda ekologiya va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari bo'yicha loyihalarni baholash;

6.5. atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi organlarining faoliyatini tashkillashtirishni takomillashtirish masalalari bo'yicha tashabbuslar bilan chiqish;

6.6. o'z yig'ilishlarida atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida aholi manfaatlariga aloqador qarorlar loyihalarini muhokama qilish;

6.7. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi faoliyatining asosiy yo'nalishlarini muhokama qilishda ishtirok etish;

6.8. Kengash vakillarini jamoatchilik kollegial yig'ilish organlariga yuborish;

6.9. aholi keng qatlami va tashkilotlarni o'z faoliyatining rejalari hamda natijalari bo'yicha xabardor qilish.

7. Kengash raisi:

7.1 Kengash yig'ilishlarini o'tkazish;

7.2. Kengash qarorlarining amalga oshirilishini tashkil etadi, Kengash a’zolari o'rtasidagi majburiyatlarni taqsimlaydi va alohida topshiriqlarning bajarilishini nazorat qiladi;

7.3. ishlarning yillik rejasini tasdiqlaydi, Kengash yig'ilishining sanasi hamda vaqtini belgilaydi, kun tartibini tasdiqlaydi va Kengash ishini muvofiqlashtiradi, Kengashni boshqarish bo'yicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi; 

7.4. unga taqdim etilgan vakolatlar doirasida Kengash nomidan ish tutadi, hokimiyat va boshqaruv organlari, jamoatchilik tashkilotlari hamda boshqa shaxslar bilan o'zaro munosabatlarda Kengashni taqdim qiladi;

7.5. atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi organlarining yig'ilishlarida ishtirok etadi;

7.6. Kengash yig'ilishlarida ko'rib chiqilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar to'g'risida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasini habardor qiladi;

7.7. atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida amaldagi qonunchilikning buzilish holatlari to'g'risida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi organlarini habardor qiladi;

7.8. Kengash qarorlari bilan unga yuklatilgan boshqa vakolatlarni bajaradi.

 8. Kengashning mas’ul kotibi:

8.1. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi ilmiy-texnik taraqqiyot, targ'ibot va tashviqot bo'limi xodimlaridan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisining buyrug'i bilan tayinlanadi;

8.2. Kengash a’zolari faoliyatining o'zaro hamkorligiga ko'mak ko'rsatadi;

8.3. Kengash yig'ilishlarida ko'rib chiqilishi uchun hujjatlarning loyihalarini tayyorlaydi va ularni Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisi hamda Kengash raisiga taqdim etadi, shuningdek,Kengash a’zolarini habardor qiladi;

8.4. Kengash yig'ilishining bayonini yuritadi va Kengash qarorlarining loyihalarini muhokamaga tayyorlaydi;

8.5. Kengash faoliyati uchun muhim bo'lgan tadbirlar va hujjatlar to'g'risida Kengash a’zolarini xabardor qiladi, kengash qarorlarining ro'yxatini amalga oshiradi, uning yig'ilishlari bayonnomasidan ko'chirmalar tayyorlaydi;

8.6.  Kengash bayonnomalari va axborot-ma’lumotnoma materiallar, shu jumladan Kengash yig'ilishlariga taqdim qilingan yig'ilish audioyozuvlari materiallarini (kasseta, disk va boshqalar) saqlash va ishlarni rasmiylashtirish;

8.7. Kengash qarorlari bilan unga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

9. Kengash a’zosi quyidagi huquqlarga ega:

9.1.  muhokama etilayotgan masala bo'yicha (shu jumladan agar Kengash yig'ilishida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lmasa yozma ko'rinishda) o'zining fikrini erkin bayon etish hamda Kengash faoliyatining har qanday masalasi bo'yicha taklif kiritish;

9.2.Kengash komissiyasi yoki guruhi tarkibiga kiritilgan bo'lishi;

9.3. Kengashning navbatdagi yig'ilish kun tartibi, ma’lumotlar va tahliliy materiallar bilan tanishish, muhokamaga kiritilayotgan masalalar bo'yicha Raisdan, mas’ul kotibdan axborot olish;

9.4. Kengash yig'ilishi davomida ma’ruzalar, qo'shimcha ma’ruzalar bilan ishtirok etish, takliflarni kiritish va asoslash,izohlash, savollar berish, savollarga javob berish;

9.5. atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida Kengash tomonidan o'tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda hamda o'tkazishda ishtirok etish;

9.6. atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi faoliyatni reglamentga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan o'rnatilgan tartibda tanishish;

9.7. Rais va uning o'rinbosari lavozimiga nomzodlarni ilgari surish, Kengash yig'ilishlarida ishtirok etish uchun ekspertlar nomzodlarini taklif etish;

9.8. Kengashda ko'rib chiqilishi uchun Kengash yig'ilishi kun tartibi, Kengash ishlarini yaxshilash bo'yicha takliflar kiritish;

9.9. Kengashning ovozga  qo'yish orqali qabul qilingan qaroriga qo'shilmaslik holatlarida yig'ilish bayoniga majburiy tartibda kiritiladigan o'zining alohida fikrini bayon etish.

10. Kengash a’zosi majbur:

10.1. mazkur Nizom talablariga rioya etish;

10.2.Kengash yig'ilishlarida shaxsan ishtirok etish va boshqa shaxslarga o'zining vakolatlarini berib vakil qilib yuborishga haqli emas;

10.3. Kengashga ko'rib chiqish uchun kiritiladigan masalalarni tayyorlashda ishtirok etish;

10.4. Kengash ishlarining samaradorligini oshirishga ko'maklashish;

10.5. Kengash qarorlari hamda Kengash yig'ilishi bayonida aks etgan topshiriqlarni bajarish;

10.6. Kengash faoliyatini ta’minlashda, tadbirlarni o'tkazish va dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

10.7.Kengashga muhokamaga kiritiladigan masala bo'yicha Kengash yig'ilishidagi muhokama uchun o'zining asoslangan pozitsiyasini tayyorlash, kerak bo'lganda Kengash yig'ilishiga muvofiq axborot-tahliliy materiallarni taqdim etishni ta’minlash;

10.8. yordam berish va kerak bo'lganda atrof-muhit muhofazasi uchun o'tkaziladigan tadbirlarda shaxsan ishtirok etish;

10.9.Kengashning maqsad va vazifalarini targ'ib qilish hamda tushuntirish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida jamoatchilik fikrini shakllantirishga ko'maklashish.

 

Kengashning vazifa va funksiyalari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi vakolatlari hamda uning ishlari natijalariga muvofiq aniqlanishi mumkin.

 

 
 

2014-01-29

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika