Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Rahbariyat

Rahbariyat

  Rahbariyat

 

Bahrom To'lqinovich Qo'chqorov 

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisi

Qabul kuni: Dushanba - Juma

Qabul vaqti: 8:00-11:00

Qabul quyidagi manzil bo'yicha amalga oshiriladi: Toshkent shahri, Toytepa ko'chasi, 2A.

Tel.: (99871) 207-07-07 (ichki # 1001)

Elektron pochta: info@uznature.uz

Tarjimai hol:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 5-maydagi Farmoniga muvofiq Qo‘chqorov Bahrom To‘lqinovich O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi etib tasdiqlandi.

Qo‘chqorov Bahrom To‘lqinovich ayni paytga qadar siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Vazifalari:

Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyatining ayrim uchastkalari, hududiy organlar va mansub tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi;

Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari nizomlarini, hududiy organlar nizomlarini, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va bo‘linmalarning nizomlari, ustavlari va ularning tuzilmalarini tasdiqlaydi;

Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatining xarajatlari smetasi va shtatlar jadvalini xodimlarning belgilangan soni doirasida tasdiqlaydi;

Davlat ekologiya qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasiga, shuningdek hududiy organlar, mansub tashkilotlar tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;

qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarini, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari va mansub tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi xodimlari tomonidan bajarish uchun majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi, buyruqlar chiqaradi, shuningdek topshiriqlar beradi;

Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimidagi xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi masalalarni hal etadi, Davlat ekologiya qo‘mitasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etadi;

O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlarida, shuningdek davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi nomidan vakillik qiladi; 

Davlat ekologiyasi qo‘mitasi Hay’ati majlislariga raislik qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

Aybek Adiljanovich Adhamjanov

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari

Qabul kuni: Dushanba - Juma

Qabul vaqti: 8:00-11:00

Qabul quyidagi manzil bo'yicha amalga oshiriladi: Toshkent shahri, Toytepa ko'chasi, 2A.

Tel.:  (998-71) 207-07-70 (ichki1045)

Elektron pochta: info@uznature.uz

Tarjimai hol:

1973-yilda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatida tavallud topgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. Mutaxassisligi – iqtisodchi.

1990-1995 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi.

1995-2017 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida bir qator lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2017 y.-h.v. – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari.

 

Vazifalari:

  

Uktam Choriyevich Utayev

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisi o'rinbosari 

Qabul kuni: Dushanba - Juma

Qabul vaqti: 8:00-11:00

Qabul quyidagi manzil bo'yicha amalga oshiriladi: Toshkent shahri, Toytepa ko'chasi, 2A.

Tel.:  (998-71) 207-07-70 (ichki1039)

Elektron pochta: info@uznature.uz

Tarjimai hol:

1976-yilda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli. Mutaxassisligi – huquqshunos, siyosatshunos.

1993-1998 yy. – Toshkent davlat yuridik instituti talabasi

1997-1998 yy. – O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy siyosiy fondi huquqshunos-maslahatchisi

1998-2014 yy. – Prokuratura tizimining turli lavozimlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida faoliyat yuritgan.

2014-2017 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departamentning Farg‘ona  viloyat boshqarmasi boshlig‘i

2017 y.-h.v. – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi  raisi o‘rinbosari

 

Vazifalari:

- atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning ko‘proq iqtisodiy usullarini keng qo‘llash, resurslarni tejaydigan, kamchiqit va chiqitsiz texnologiyalar barcha joylarda qo‘llanilishini rag‘batlantirish, chiqindilarni xo‘jalik oborotiga jalb etish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqarish;

- tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan respublika ekologiya normativlari, qoida va standartlari ishlab chiqilishini tashkil etish, tarmoqlarning ana shunday normativlari, qoida va standartlarini o‘zaro muvofiqlashtirish;

- tabiatni muhofaza qilish faoliyatini metrologiya jihatidan ta’minlash yuzasidan ish olib borish, tabiiy muhit ob’ektlarining ifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;

- vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tabiatdan foydalanuvchi boshqa tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish tadbirlari va tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini muvofiqlashtirish;

- atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash hamda oqizishning yo‘l qo‘yiladigan normativlarini va chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilash, atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari undirish va ulardan belgilangan tartibda foydalanishni tashkil etish;

- Qo‘mita faoliyatiga oid masalalarni amalga oshirish va hal etish yuzasidan takliflar tayyorlash, rais bilan kelishilgan holda ularni Hay’at majlislari va maxsus kengaytirilgan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishni ta’minlash;  

- Qo‘mita tizimida  rahbar  va  xodimlarning  mehnat  faoliyati  bilan bog‘liq hatti-harakatlari yuzasidan ichki xavfsizlikni ta’minlash va nazoratini amalga oshirish;

- Qo‘mitaga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda Qo‘mitaning Er va suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish Bosh boshqarmasi, Atmosfera havosini muhofaza qilish Bosh boshqarmasi, Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti va uni tashkil qilish boshqarmasi, Davlat ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va me’yorlashtirish Bosh boshqarmasi, Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyasi, “Eko-energiya” ilmiy tadbiqiy markazi, «Suv xo‘jaligi muhofazasi» Ilmiy ishlab chiqarish davlat  korxonasi, Toshkent suv ta’minoti, kanalizatsiya, gidrotexnika inshootlari va muhandislik gidrogeologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, Kapital qurilish boshqarmasi, “Atmosfera” ilmiy-tadqiqot va loyiha texnologiya instituti, “Hisor” davlat qo‘riqxonasi, “Jayron” ekologik markazi, “CHinor” ekologik noshirlik kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

- Qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

         

 

 

 

 

 

 


2014-01-29

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika