Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > BRAKONYERLARGA QARSHI KURASHMOQ BARCHAMIZ UCHUN HAM FARZ, HAM QARZDIR

BRAKONYERLARGA QARSHI KURASHMOQ BARCHAMIZ UCHUN HAM FARZ, HAM QARZDIR

Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish borasida o‘z yechimini kutayotgan muammolar bisyor. Ayniqsa, bugungi kunga kelib noqonuniy baliq ovlash – brakonyerlik bilan shug‘ullanish avji pallaga chiqdi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlariga qaramay, noqonuniy ov qilish, baliq ovlash qoidalariga zid ravishda baliq ovlashga harakat qilayotgan shaxslar uchrab turibdi.

Yaqinda Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbirda noqonuniy baliq ovlash holatiga duch kelindi. Sirdaryo viloyati Guliston tumanida istiqomat qiluvchi A.Abduraxmonov hamda N.Xasanovlar Sirdaryo daryosining Guliston tumani, "Boyovut" jamoa xo‘jaligi hududidan oqib o‘tuvchi qismida baliq tutayotgan paytda Bionazorat inspektorlari tomonidan to‘xtatib qolindi. Shovvozlar oddiy qarmoq emas, balki nafslari hakalak otib, baliqni elektr qarmoqda ushlashga ahd qilgan edilar. Tekshiruvlar natijasida jami 12 dona baliq ovlanganligi ma’lum bo‘ldi. Tabiat ne’matlariga bepisandlik bilan qarash, ularni asrab-avaylamaslik umumiy hisobda 24 413 325 (yigirma to‘rt million to‘rt yuz o‘n uch ming uch yuz yigirma besh) so‘m miqdorida zarar yetkazilishiga olib keldi.

 

A.Azimov


2017-10-10

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika