Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > DARAXTDA HAM TIRIKLIK BOR

DARAXTDA HAM TIRIKLIK BOR

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bionazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan noqonuniy daraxt kesilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, o‘tgan haftada inspeksiyaga Chilonzor tumani 18-mavzedagi 13-14-uylar oralig‘ida joylashgan chinor daraxtining kesilishi haqidagi murojaat kelib tushdi. Toshkent va Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha bioxilmaxillikni va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyasi hodimlari manzilga borib vaziyatni o‘rganib chiqishdi. Unda  Zangiota mavzesi, Yangihayot ko‘chasi raqamsiz uy (yangi hovli)da istiqomat qiluvchi, 1991-yilda Zangiota tumanida tavallud topgan, Davronbek Ashirbekov tomonidan chinor daraxtining noqonuniy ravishda kesilgani ma’lum bo‘ldi va fuqaroga balandligi 3,8 metr, diametri 121 sm bo‘lgan daraxtni kesganligi uchun 4.088.585 so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Noqonuniy daraxtlar kesilishining oldini olish, unga qarshi kurashish yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir odamning fuqarolik burchi sanaladi. Bunday ishlar, albatta jamoatchilikning ko‘magi yordamida amalga oshiriladi. Zero, o‘nta, yuzta, boringki, mingta inspektor bilan ona-tabiatni, yurtimizdagi o‘simlik va hayvonot dunyosini asrab qolishning aslo imkoni yo‘q. Tabiatimiz ne’matlarini kelajak avlodga bus-butun yetkazishda bir yoqadan bosh chiqarib, faollik, jonbozlik ko‘rsatishimiz lozim. 


2017-10-09

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika