Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Davlat ekologik ekspertizasi – davlat siyosatining muhim instrumenti

Davlat ekologik ekspertizasi – davlat siyosatining muhim instrumenti

Yaqinda joriy yilning 9-10-sentabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik ekspertiza markazi tomonidan “Davlat ekologik ekspertizasi sohasida yuzaga kelayotgan kamchiliklar, muammolar va ularning yechimlari” hamda “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonun va qonun osti hujjatlarining shaffofligini ta’minlash” mavzusida 2 kunlik seminar  tashkil etidi.

Ta’kidlandiki, so‘nggi yillarda respublikamizda aholi sonining barqaror o‘sishi, qishloq xo‘jaligi va sanoatning tez sur’atlarda rivojlanishi, avtotransport vositalari sonining ko‘payishi kuzatilmoqda. Bularning barchasi atrof tabiiy muhitga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Aholi salomatligi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ekologik tizimning barqarorligini saqlab qolish uchun atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash bo‘yicha tizimli hamda har tomonlama puxta kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur.

Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, inson salomatligiga ta’sir etuvchi omillarning 20-25% atrof-muhit bilan bog‘liq. Masalan, atmosfera havosi va suv obyektlarining ifloslanishi, tuproq degradatsiyasi, zararlangan atrof-muhitda yetishtirilayotgan yoxud ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va boshqa omillar inson salomatligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.

Xalqaro hamda mamlakatimiz tajribasi shuni ko‘rsatdiki, turli  loyihalarni amalga oshirishda har bir rejalashtirilayotgan faoliyatning  ekotizimlarga, texnosfera elementlari va, tabiiyki, inson salomatligiga salbiy ta’sirini oldindan ko‘ra bilish muhim. Faoliyatni rejalashtirish jarayonida atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish, faoliyatni amalga oshirish jarayonida ularni aniqlab, bartaraf etishdan ancha osonroq. Shu bois ham ekologik ekspertiza atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni boshqarish sohasidagi davlat siyosatining muhim instrumenti hisoblanadi.

Demak, ekologik ekspertiza deganda, xo‘jalik va boshqa faoliyatlarning hamda shu bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa oqibatlarning oldini olish maqsadida atrof tabiiy muhitga va tabiat resurslariga salbiy ta’sir ehtimoli darajasini baholash tushuniladi.

Ta’kidlandiki, respublika bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi tomonidan joriy yil boshidan 16472 ta davlat ekologik ekspertiza xulosalari berilgan. Shu bilan bir qatorda, joriy yil mobaynida davlat ekologik ekspertiza markazlari tomonidan bir qancha kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aytib o‘tildi.

Mazkur kamchiliklarni bartaraf etishning asosiy mexanizmlaridan biri, bu taqdim etilayotgan atrof-muhitga ta’sirini baholash materiallari va ekologik me’yoriy loyihalarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish davrida asosiy e’tiborni tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ularni tejash bilan bog‘liq kamchiqitli va chiqitsiz texnologiyalarni joriy etishdan iborat.

Shuningdek, soha mutaxassislarining shaxsiy mas’uliyati hamda javobgarligini oshirish, davlat ekologik ekspertiza sohasidagi qonun va qonun osti hujjatlarining shaffofligini ta’minlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Gap shundaki, har qanday ekologik asoslangan faoliyat sarf-xarajatlarning kamayishiga, masalan ekologik oqibatlarni bartaraf etish yoki uni qoplashga sarflanadigan mablag‘larga zarurat qolmasligiga erishish mumkin. Shuningdek, ekologik muammolarning oldini olish maqsadida kam chiqitli va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish evaziga ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining kamayishiga erishiladi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish  qonunchiligiga asosan mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatni amalga oshirishdan oldin bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash majburiyligi, davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish tartib-qoidalari, uning obyektlari va turlari kabi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Seminarning ikkinchi kuni amaliy mashg‘ulotlarga bag‘ishlandi.

 

 

Davlat ekologiyasi qo‘mitasi

Jamoatchilik va OAV bilan

ishlash bo‘limi


2017-09-11

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika