Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Ko‘rik-tanlov g‘oliblari munosib taqdirlandi

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari munosib taqdirlandi

11-sentabr kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida ozon qatlamini himoya qilish va iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan Xalqaro fotosuratlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash, shuningdek eng yaxshi ijodiy ishlarning foto ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan tashkil etildi.

Taxminan ikki oy davomida 60 ga yaqin mamlakatni jamlagan tadbir muhim ekologik sana 16-sentabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni va ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal bayonnomasi imzolanishining o‘ttiz yilligi arafasida o‘z yakuniga yetdi.

10-iyuldan 11-sentabrga qadar davom etgan Xalqaro fotosuratlar tanloviga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhafaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘zlarining “Iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlar hududida gidroxlorftoruglerodlardan (GXFU) foydalanishni jadal qisqartirishning birlamchi bajarilish – O‘zbekiston” va "O‘zbekistonni Yashil iqlim fondi resurslaridan foydalanishga tayyorlash dasturi" hamkorlikdagi loyihalari doirasida tashkilotchilik qildilar. BMT Taraqqiyot Dasturining Istanbul shahridagi mintaqaviy markazi va BMT Atrof-muhit tashkilotining "OzonEkshn" bo‘linmasi tanlovga hamkorlik ko‘magini ko‘rsatdilar.

Xalqaro fotosuratlar tanlovi ozon qatlamini muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishining oldini olish, atrof-muhitga e’tiborni jalb qilish va sayyoramizning ekologik holatiga tobora ortib borayotgan antropogen ta’sirni kamaytirish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirishda xalqaro miqyosda xabardorlik darajasini oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Xalqaro fotosuratlar tanlovi ikki yo‘nalishda bo‘lib o‘tdi: “Ozon qatlami va Men” va “Iqlim o‘zgarishi mening nigohimda”. Tanlov butun dunyo bo‘ylab 155 ta mamlakatni o‘ziga jalb qildi, 60 ta davlatdan 285 nafar ishtirokchilardan fotosuratlar olindi, jumladan Avstraliya, Ozarbayjon, Armaniston, Bangladesh, Belarus, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Butan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Qozog‘iston, Kambodja, Kamerun va h.k.

Shuningdek, tanlovga suv tanqisligi muammosini ochib berish, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kabi Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi faoliyatini aks ettiruvchi fotosuratlar ham yuborildi.

Tanlov xorijiy davlatlarning ekologiyani muhofaza qilish tashkilotlari, jumladan Rossiya Federatsiyasi Tabiiy resurslar va ekologiya vazirligi, Belarus Respublikasi Tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi, Makedoniya sobiq Yugoslaviya Respublikasi qishloq, o‘rmon va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan yuqori darajada qo‘llab-quvvatlandi.

Fototanlovga Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi yo‘nalishlarini – suv resurslarini boshqarish, qurg‘oqchilik, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oluvchi fotosuratlar yuborildi. Shu munosabat bilan Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi UzWaterAware nominatsiyasida bir qancha ishtirokchilarni taqdirlash tashabbusi bilan chiqdi. Mazkur tashabbus Yevropa Ittifoqi ko‘magida hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi tomonidan amalga oshirilayotgan aholining global iqlim o‘zgarishi sharoitlarida suv resurslaridan oqilona foydalanish muhimligi borasidagi xabardorligini oshirishga yo‘naltirilgan loyiha doirasida tashkil etildi.

Tanlovga yuborilgan fotosuratlar tanlovi 3 bosqichda o‘tkazildi: xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan o‘tkazilgan birlamchi ovoz berish, eng yaxshi 20 fotosuratni (har bir yo‘nalishda 10 ta) aniqlash uchun onlayn ovoz berishda har bir nominatsiya bo‘yicha 52 ta va 53 ta fotosurat (umumiy soni – 105 ta) ishtirok etdi. Onlayn ovoz berishda tanlangan 20 ta fotosurat virtual ko‘rgazmasi bilan www.envcontest.uz  saytida tanishish mumkin. 5 sentabrdan 11 sentabrgacha o‘tkazilgan xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘oliblar har bir nominatsiya bo‘yicha 10 ta eng yaxshi ishlarning orasidan g‘oliblar tanlab olindi.

Har bir yo‘nalishda uchtadan g‘olibga sovrinlar berildi: birinchi o‘rin uchun – fotokamera; ikkinchi o‘rin uchun – planshet; uchinchi o‘rin uchun – uyali telefon.

Xalqaro fototanlov g‘oliblari e’lon qilinganidan so‘ng, tanlovga taqdim etilgan eng yaxshi fotosuratlar, shuningdek Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi maxsus nominatsiyalarda g‘olib bo‘lgan fotosuratlarni namoyish etgan ko‘rgazmaga ekskursiya tashkil etildi.

Ko‘rgazma 16-sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuniga qadar davom etadi.

 

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Jamoatchilik va OAV bilan

ishlash bo‘limi


2017-09-11

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika