Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > Mitti galaktikadan kelayotgan 15 ta radiosignal qayd etildi

Mitti galaktikadan kelayotgan 15 ta radiosignal qayd etildi

Breakthrough Listen loyihasi doirasida ishlayotgan bir guruh olimlar Yerdan uch milliard yorug‘lik yili uzoqlikda bo‘lgan kichik galaktikadan kelayotgan 15 ta sirli radiosignalni qayd etdi.

Ularning davomiyligi bir necha millisekunddan oshmadi. Signallarning kelib chiqish sababi hozircha noma’lum.

Olimlarning ta’kidlashlaricha, signallar neytron yulduzlari impulslari yoki o‘zga sivilizatsiyalar koinot qurilmalari dvigateli shovqini bo‘lishi mumkin. Biroq ular o‘z galaktikasini Yerda hayot endi paydo bo‘layotganida tark etgani aniq.

Yerdan tashqaridagi hayot alomatlarini qidirish bilan shug‘ullanadigan 100 million AQSH dollari qiymatidagi Breakthrough Listen loyihasi doirasidagi kuzatuvlar o‘tgan yilning yanvarida boshlandi. Britaniyalik taniqli fizik olim Stiven Xoking qo‘llab-quvvatlagan loyihaga rossiyalik sarmoyachi Yuriy Milner homiylik qilmoqda.


2017-09-04

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika