Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > KUYLOVCHI BARXANLAR

KUYLOVCHI BARXANLAR

Dunyo bo‘yicha violonchel ovozini eslatuvchi tovush chiqaradigan 35 ta qum barxani mavjud. Bu tovush chiqishi 15 daqiqagacha davom etishi va 10 kilometr masofadan eshitilishi mumkin.

Ayrim barxanlar ba’zi-ba’zida, ayrimlari har kuni “kuylaydi”. Bu hodisa barxan tepasidagi qumlar pastga sirg‘alib tusha boshlaganida yuz beradi.

Avvaliga tadqiqotchilar tovush chiqishiga barxan ustidagi qum qatlamlaridagi tebranish sabab bo‘ladi, deb o‘ylashgandi. Lekin keyin ma’lum bo‘ldiki, barxanlar tovushini laboratoriyada ham paydo qilish mumkin ekan. Bu esa barxan emas, qum “kuylashini” isbotladi. Qumlar pastga sirg‘ala boshlagan paytda vibratsiya tufayli tovush chiqdi.

Qumning harakat tezligi ham tovush chiqishida muhim omillardan biridir. Qum zarralarining kattaligi bir xil bo‘lganida ular bir xil tezlikda bir xil masofaga ko‘chadi. Agarda qum zarralari turlicha kattalikda bo‘lsa, ular turli tezlikda harakatlanadi va oqibatda kengroq diapazondagi nota tovushlari yuzaga keladi.


2017-08-11

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika