Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > AJAL VODIYSIDAGI “YURUVCHI TOSHLAR SIRI”

AJAL VODIYSIDAGI “YURUVCHI TOSHLAR SIRI”

1940-yildan boshlab yaqin-yaqingacha Kaliforniyadagi Ajal vodiysida joylashgan, qurib qolgan Reystrek-Playya ko‘lida “harakatlanuvchi toshlar” hodisasi kuzatib kelingan.

Yillar va, hatto o‘nlab yillar davomida qandaydir kuch toshlarni harakatlantirishi oqibatida ulardan iz qolardi. Bu “yuruvchi toshlar”ning har birining og‘irligi 300 kilogramm keladi.

Ular qanday harakatlanishini hech kim hech qachon ko‘rmagan. Mutaxassislar faqatgina bu hodisadan qolgan izlarni ko‘rardi, xolos. 2011-yilda bir guruh amerikalik tadqiqotchilar ushbu hodisa sababini aniqlashga qaror qildi. Ular maxsus kameralar va shamol harakatini o‘lchash uchun meteostansiya o‘rnatdilar. Shuningdek, GPS-kuzatuv tizimini ham o‘rnatishdi va kuta boshlashdi.

Ular o‘nlab yillar ham kutishlari mumkin edi, lekin 2013-yilning dekabrida tadqiqotchilarga omad kulib boqdi.

Qor va yomg‘ir yog‘ishi tufayli qurigan ko‘l yuzasidan 7 santimetrli suv qatlami paydo bo‘ldi. Tunda sovuq tushib, suvdan muz bo‘laklari hosil bo‘ldi. Tezligi soatiga 15 kilometrga yetuvchi shamol ta’sirida muz bo‘laklari harakatga keldi va toshlar o‘zidan iz qoldirib siljiy boshladi. Bu izlar faqat bir necha oydan keyin, ko‘l tubi butunlay quriganda ko‘rindi.


2017-08-11

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika