Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > YANGI ENERGETIKANING EKOLOGIK ISTIQBOLLARI

YANGI ENERGETIKANING EKOLOGIK ISTIQBOLLARI

Ma’lumki, qazilma yoqilg‘isi ko‘mir, neft gazining yonish jarayoni atmosferaga karbonat angidrid gazini chiqaradi. U atmosferada yig‘ilib, issiqxona samarasini yaratadi, yer yuzidan issiqlik tarqalishini ushlab qoladi. Issiqxona samarasi sayyoramizni global isishiga olib keladi. Iqlim o‘zgarishi inson hayoti, iqtisodiyotga, ozuqa xavfsizligi va ekotizmlar saqlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid soladi. Ushbu muammoni hal etish uchun esa vaqt juda oz.

Umumjahon energetikasini qazilma karbon yonilg‘idan toza yonilg‘iga o‘tkazish va SO2 atmosferaga tashlanishini keskin kamaytirish lozim. SO2 chiqindilarining antropogen manbalaridan eng yirigi elektr energetikadir. Uning ulushi 37 foizni tashkil etadi. Butun dunyoda katta miqdorda elektr stansiyalari past samaradorlik bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Chunki, ularda asosan ko‘mir yoqiladi. O‘zbekistonda 98 foiz karbonat angidrid gazi chiqindilarini qazilma yonilg‘ining yondirilishi hosil qiladi. Hozirgi kunga kelib SO2 chiqindilarini keskin kamaytirish usullari barchaga tanish. Ko‘pchilik texnologiyalar va ularni amaliyotga joriy etishdagi iqtisodiy yo‘nalishlar bilan tanish. Eng muhimi, bu ishlar katta sarf-xarajatni talab qilmaydi.

Bundan tashqari, mazkur yo‘nalishdagi ko‘plab chora-tadbirlar energiyadan foydalanuvchilarning mablag‘larini tejab-tergaydi.

Dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish va yuqori samaradorlik texnologiyalarini ishlatish bo‘yicha ijobiy misollar ko‘p. Endi esa, ushbu ilg‘or tajribani amaliyotga joriy etish zamon talabiga aylanmoqda.

O‘zbekistondagi iqlimiy va geografik sharoitlar, ishlab chiqarish masshtablarida va isitish tizimlarida quyosh energiyasidan faol foydalanish imkonini beradi. Quyosh energiyasi tiklanuvchi energiya manbayi bo‘lib, foydalanishda qulay va oddiy, amalda qo‘llanishi nuqtayi nazaridan istiqbollidir.

O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanishning umumiy potensiali 51 million tonna neft ekvivalentiga baholanib, 99,7 foizni tashkil etadi. Texnik potensial –11176.8 (umumiy 98,6 texnik potensial) quyoshdan olingan energiyaning yillik ko‘rsatkichi O‘zbekistonda uglerod xomashyosi zaxiralarining energetik potensialini ko‘taradi. Ayni paytda quyosh energiyasining atigi 0,6 t.n.e egallandi (texnik potensialining 0,3). Quyosh fotoelementlari ilgari har qanday halokatdan qutqaradigan vosita deb qaralardi. Kremniy plastinasi quyoshga yo‘naltirilsa, toza elektr energiyasi potensiali yuqori bo‘ladi. Lekin, bu usul bugungi kunda qimmatga tushadi. Elektr energiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyoshli fotoelementlarning tomlar va uylarning derazalari oldiga o‘rnatilgan qurilmalari orqali olinadi. Fotoelementlarni ishlab chiqarish tez o‘sib bormoqda. Biroq, hozircha dunyoda shu usul bilan yiliga 450 mVT energiya ishlab chiqariladi, xolos. Quyosh energiyasi boshqa energiya manbalari safida muhim o‘rin egallashi uchun qariyb 10 yil vaqt talab etiladi. Quyosh qurilmalari turli maqsadlarda ishga tushirilishi ham mumkin. Ular orqali uzoq aholi yashash punktlarini elektr va issiqlik ta’minoti bilan ta’minlash mumkin.

 

Mansur BODIYEV,

Ilhom QURBONOV.


2017-07-13

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika