Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > «YER CHEMPIONI» SOHILNI CHIQINDIDAN TOZALADI

«YER CHEMPIONI» SOHILNI CHIQINDIDAN TOZALADI

2015-yilning oktabrida yosh advokat Afro‘z Shox  va uning 84 yoshli qo‘shnisi Xarbansh Matur Hindistonning Mumbay shahridagi Versova sohilini ko‘rib kayfiyatlari buzildi – u chiqindilarga liq to‘la edi. Ikki erkak sohil hududini tozalashga qaror qilishdi.  Afro‘z 86 hafta ichida ko‘ngillilar bilan birgalikda sohildagi 5,4 million kilogramm chiqindini tozalashga muvaffaq bo‘ldi.

O‘shandan buyon ular har haftaning dam olish kunlari sohilni tozalashar edi. Keyinroq ularga ko‘ngillilar guruhi kelib qo‘shildi. Ularning soni borgan sari ortib borib, ming kishiga etdi. Ko‘ngillilar 86 hafta mobaynida sohilda tozalash ishlarini olib borishdi. Ular 2,5 kilometrli sohildan 5 million kilogrammdan ziyod chiqindini yo‘qotishning uddasidan chiqishdi. Sohilni tozalash ishlari 2017-yilning may oyida nihoyasiga etdi.

– Nihoyat, sohil toza bo‘ldi. Bizning urinishlarimiz o‘z samarasini berdi. Endi qirg‘oqqa faqat dengizdangina chiqindi chiqmoqda. Biz hukumat vakillaridan sohilning tozaligini saqlashda yordam berishni so‘radik, – dedi Afro‘z Shox. Advokat o‘z mehnatlari evaziga BMTning "Yer chempioni" unvonini qo‘lga kiritdi. Uning bu ishi dunyodagi eng katta ko‘lamli sohilni tozalash ishi sifatida e’tirof etildi. Shunday bo‘lsa-da, Afro‘zning tashabbusi shu bilan cheklanib qolmadi. Endi u ko‘ngillilar bilan birga chiqindilarning  mahalliy irmoqlar orqali sohilga tushishiga to‘sqinlik qilishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, u sohil yaqinidagi o‘rmonlarni ham chiqindilardan tozalashni rejalashtirgan. Afro‘z Shox o‘zi misolida butun dunyo ahlini shunday xayrli amallarga ilhomlantirishni istaydi. 

Nasiba BAXTIYAROVA


2017-07-03

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika