Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > YANGI EKZOSAYYORA TOPILDI

YANGI EKZOSAYYORA TOPILDI

Astronomlar bizning Quyosh tizimiga yaqin sayyorani aniqlashdi. Gap, inson yashashi mumkin bo‘lgan Proksima B ekzosayyorasi haqida bormoqda. Londondagi Qirolicha Mariya universiteti olimlarining xulosalariga ko‘ra, Yerga bunga o‘xshash ekzosayyora yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Proksima B ekzosayyorasi Quyosh tizimidan atigi 4,2 yorug‘lik yili masofada joylashgan. Boshqacha ifodalaganda, Quyosh bilan Yer o‘rtasidagi masofadan 266 ming marta uzoqroqda. Shu paytga qadar, bizga eng yaqin sayyoralar sifatida TRAPPIST-1 yulduzi atrofidagi sayyoralar hisoblanardi. Yerdan ulargacha bo‘lgan masofa esa 40 yorug‘lik yiliga tengdir. Proksima B sayyoramiz vaznidan 1,3 marta og‘irroq bo‘lib, Yulduzi bilan oralig‘i Quyosh va Yer masofasining 5 foiziga teng. Shunga qaramay, Proksima Sentavra Quyoshdan ancha sovuqroq bo‘lgani bois, Proksima B sathida suyuq suv bo‘lishi ehtimoli bor.


2017-05-16

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika