Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 5 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > KICHIK HAJMLI KEMALAR DAVLAT INSPEKSIYASI FVV TARKIBIGA O‘TADI

KICHIK HAJMLI KEMALAR DAVLAT INSPEKSIYASI FVV TARKIBIGA O‘TADI

Joriy yilning 21-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni kuchga kirdi.

Mazkur hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalar Davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufiga o‘tadi.
Shuni qayd etib o‘tish joizki, Davlat inspeksiyasining asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi hududida xavfsiz suzishni ta’minlash maqsadida atrof-muhit muhofazasi va huquq-tartibotni mustahkamlash, suzish vositalari hamda yurtimizning barcha suv akvatoriyalaridagi turargoh bazalaridan to‘g‘ri foydalanish ustidan nazoratni amal oshirishdan iborat.
 
O‘zbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalar Davlat inspeksiyasi davlat, jamoa, idora va tashkilotlar (harbiy kemalardan tashqari), xususiy, xorij korxonalariga tegishli bo‘lgan, motor quvvati va yuk ko‘tarish qobiliyatidan qat’iy nazar (maxsus kichik kema, motorli, eshkakli, damlama va sport qayiqlari) o‘ziyurar va o‘ziyurar bo‘lmagan barcha kemalarni nazorat qiladi.
 
Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-apreldagi 167-sonli Qaroriga muvofiq, kichik hajmli kemalar Davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Davlat qo‘mitasi qoshidagi Respublika ko‘p tarmoqli tezkor harakat markazidan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish inspeksiyasi tarkibiga o‘tkazildi.
 
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati
 

2017-05-12

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika