Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 5 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > SATURNDA YASHASH UCHUN SHAROIT BOR

SATURNDA YASHASH UCHUN SHAROIT BOR

Amerikaning NASA aerokosmik agentligining tadqiqotlariga ko‘ra, Saturn yo‘ldoshlaridan birining muz shleyfi tarkibida vodorod bor. Olimlarning fikricha, bu Enseladda yashash uchun kerakli sharoitlar borligidan dalolat berishi mumkin. Ushbu kashfiyot “Kassini” zondi yordamida amalga oshirildi. Sentabr oyida apparat Saturn va uning ko‘plab yo‘ldoshlarini o‘rganish bo‘yicha o‘z ishini yakunlaydi. Enseladda  geyzerlar borligini Kassini birinchi marta 2005-yilda aniqlagan edi.  Oradan 10 yil o‘tib, olimlar yo‘ldosh orbitasining tebranishiga qarab izlanishlar olib borishdi. Ularga ko‘ra, 30-40 kilometr qalinlikdagi muz qatlami ostida ulkan ummon bor. Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, uning tubidagi sharoitlar bundan 4 milliard yil avval Yerda bo‘lgan sharoitga o‘xshash bo‘lishi mumkin. O‘sha davrlarda sayyoraning issiq sirti va sho‘r suv uyg‘unligi mikroorganizmlarning paydo bo‘lishiga xizmat qilgan.


2017-04-20

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika