Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 5 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > “Barqaror rivojlanish maqsadlarida eng yaxshi yoshlar tashabbusi” ko‘rik-tanlovi

“Barqaror rivojlanish maqsadlarida eng yaxshi yoshlar tashabbusi” ko‘rik-tanlovi

Endi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari barqaror rivojlanishga bag‘ishlab tayyorlagan loyihalarida o‘z g‘oya va takliflarini taqdim etishlari mumkin.

 

Sizda universitetingizni yanada barqaror rivojlantirish uchun g‘oya bormi? Balki sizda o‘z o‘quv dasturingizga barqaror rivojlanish kurslarini kiritish istagi bordir? Yoki universitet shaharchasida ijtimoiy bog‘ yaratishni istaysizmi? Ehtimol, sizda talabalar yotoqxonasida energiya sarfini kamaytirish yoki chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha ajoyib, qiziqarli takliflar bordir?

 

Unda siz o‘z loyiha-g‘oyangizni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarining barqaror rivojlanishi maqsadalarida eng yaxshi yoshlar tashabbusi” ko‘rik-tanloviga taqdim etishingiz mumkin. Eng yaxshi g‘oya mualliflari Buyuk Britaniyaga safar qilish, u yerda barqaror rivojlanish haqida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish, britaniyalik talabalar bilan fikr hamda tajriba almashish, shuningdek, loyihani o‘quv muassasasida amaliyotga tatbiq etish uchun moliyalashtirish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

 

Loyiha quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

 

– loyiha bayoni;

– loyiha samaradorligi va qamrab olinganlik darajasi;

– loyihaning amaliy bahosi;

– loyiha natijalari asosidagi tajribangizni targ‘ib qilish rejasi;

– loyihangizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim muassasasi xodimi tomonidan yozilgan ariza;

– loyihangizni amalga oshirish byudjeti.

Loyiha g‘oyasi 750 ta so‘zdan oshmasligi lozim (ta’lim muassasasi xodimi arizasi va byudjet bundan mustasno).

 

Ko‘rik-tanlovda kim ishtirok etishi mumkin?

 

– 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari bakalavr va  magistrlari;

– ingliz tilini egallagan talabalar.

 

Loyiha-g‘oya 3 ta talabadan ko‘p bo‘lmagan guruh tomonidan taqdim etilishi mumkin.

 

Ko‘rik-tanlov jadvali

 

Arizalarni qabul qilish – 2017-yil 15-martdan

So‘nggi muddat – 2017-yil 15-aprel

G‘olibni aniqlash – 2017-yil 24-aprel

Buyuk Britaniyaga talabalik tashrifi – may/iyun

 

Ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun arizani quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:

https://www.britishcouncil.uz/events/student-sustainability-project-competition

 

Ko‘rik-tanlov nizomi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

 

Ma’lumot uchun telefon raqamlari: ( +99871) 207-07-70 (#1033)

 

Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha ushbu manzilga murojaat qiling:

info@britishcouncil.uz

FaylHajmi
Nizom54.5 KB

2017-03-29

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika