Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 5 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > 14 MART – XALQARO TO‘G‘ONLARGA QARSHI KURASH KUNI

14 MART – XALQARO TO‘G‘ONLARGA QARSHI KURASH KUNI

«Xalqaro to‘g‘onlarga qarshi kurash kuni» (yoyinki «Daryolar, suv va hayotni muhofaza qilish kuni») millatlararo sana hisoblanib, u har yili o‘nlab mamlakatlarda nishonlanadi. Mazkur sana ilk marta 1998-yilda nishonlangan.

«Xalqaro to‘g‘onlarga qarshi kurash kuni»ni nishonlash tashabbusi «Xalqaro daryolar tarmog‘i» nomini olgan Amerika Qo‘shma Shtatlari ekologiya tashkiloti tomonidan ilgari surilgan. Ekotashkilot faollari «To‘g‘onlarga qarshi kurash kuni»ni «Daryolar, suv va hayot uchun» shiori ostida nishonlashni taklif qilishgan.

1997-yilning 14 mart kuni Braziliyaning Kuritiba shahrida yirik to‘g‘onlar qurilishiga qarshi birinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari 14 martni –Xalqaro to‘g‘onlarga qarshi kurash kuni deb e’lon qilishar ekan, “Biz kuchli va birdammiz, bizning ishimiz adolatli” degan shiorni o‘rtaga tashladilar.

O‘sha kuni jahonning 20dan ortiq mamlakatida to‘g‘onlar qurilishiga qarshi 50 dan ortiq namoyish bo‘lib o‘tdi. «Suv o‘lim emas, balki hayot olib kelsin» shiori ostida o‘tgan anjuman ishtirokchilari «daryolar, suv va hayotni muhofaza qilish maqsadida» 1998-yildan boshlab har yili 14-martda Xalqaro to‘g‘onlarga qarshi kurash kunini nishonlashga kelishib oldilar.

To‘g‘on, deb asosan gidroelektr stansiyalari uchun suv oqimini to‘xtatish va muvofiqlashtirish maqsadida quriladigan inshootga aytiladi. Energiya manbayi sifatida suv oqimidan olinadigan energiyalar asosan GESlarda ishlab chiqariladi. GESlar esa odatda daryolarga to‘g‘on va suv omborlari qurilishi natijasida barpo etiladi. Buning uchun daryolarda yil bo‘yi suv bo‘lishi, daryolar esa imkon qadar nishablikda joylashishi lozim.

Ma’lumki, daryolar tabiiy suratda muntazam yo‘nalishini o‘zgartiradi, goh toshib, goh qurib qoladi. To‘g‘onlar esa mana shu tabiiy jarayonga, shuningdek, suv haroratiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatib, suvdagi kimyoviy tarkibni o‘zgartirib yuboradi. To‘g‘onlar suv toshqinlarini oldini olishga emas, balki suv toshqinlarini keltirib chiqarishga xizmat qiladi. Shuningdek, to‘g‘onlar suvlarning sho‘rlanishi, xavfli kasalliklar tarqalishining omili hamdir. Chunki suv omborlari chivin kabi yuqumli kasalliklar tarqatuvchi zararkunandalar ko‘payadigan makondir. Masalan, Sayano-Shushensk suv ombori yaqinida har yili 2 mingdan ortiq kishining yuqumli kasallikka chalinishi bilan bog‘liq hodisa qayd qilinadi.

So‘ngi vaqtlarda jahonda yirik GESlar uchun qurilgan to‘g‘onlarning foydasidan ko‘ra ko‘proq zarari haqida bong urilmoqda. Tog‘larda to‘g‘on qurilishi esa zilzilalarni keltirib chiqarishi ehtimoli haqida aytilmoqda. Mutaxassislar yirik to‘g‘onlar joylashgan xududning o‘qiga bosim tushishi oqibatida kichik zilzilalar yuz berayotganini aytishadi. GESlarning zilzilalar keltirib chiqarishi mutaxassislar tomonidan tan olingan. Chunki bugungi kunda suv omborlarida jahondagi barcha daryolardagi suv hajmidan uch barobar ko‘p suv saqlanmoqda. Bu esa zilzilalarni keltirib chiqarishi aniq. Masalan, avval zilzila kuzatilmagan hududlarda GES qurilganidan so‘ng, mazkur mintaqalarda yer qimirlashi bilan bog‘liq hodisalar yuz bergani borasida ko‘p aytilgan.


2017-03-12

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika