Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 5 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > JORIY YILNING 10 MARTIDAN BOSHLAB BALIQ OVIGA VAQTINCHALIK TAQIQ O‘RNATILDI

JORIY YILNING 10 MARTIDAN BOSHLAB BALIQ OVIGA VAQTINCHALIK TAQIQ O‘RNATILDI

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yurtimizda suv havzalarida baliq resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi hududida baliqchilik qonun-qoidalariga muvofiq, barcha tabiatdan foydalanuvchilarni 2017-yilning quyidagi davrida baliq oviga taqiq qo‘yganini ma’lum qiladi:

– 10-martdan 31-mayga qadar – Amudaryo va Sirdaryoda;

– 25-apreldan 10-iyunga qadar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida;

– 16-aprelda 31-mayga qadar – respublikaning barcha suv havzalarida.

Taqiq davri davomida baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, xususiy tadbirkorlar, baliqchilik resurslaridan foydalanuvchilar baliq tutish uchun mo‘ljallangan ashyolarni suv havzalaridan chiqarib olib, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish inspektorlari guvohligida maxsus omborxonaga topshirishlari shart. Ushbu vaqtda to‘r va shunga o‘xshash materiallarni ta’mirlash ishlari baliq yetishtiruvchi tashkilotlar, kichik xususiy baliqchilik fermalari hududidan tashqarida olib borilishi lozim.

Taqiq davrida, ayniqsa baliqlar uvuldiriq tashlaydigan vaqtda, tabiiy suv havzalarida faqat o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish davlat inspeksiyasi xodimlarigina motorli qayiqlarda yurishi, ovchilik xo‘jaligi xizmatchilari esa tabiatni muhofaza qilish organlari ruxsati bilan harakatlanishlari mumkin.

Baliq ovi ishqibozlariga mazkur davrda motorli qayiqlardan foydalanish taqiqlangani holda, 5 tadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qarmoq ishlatish ruxsat etiladi.

Taqiq davrida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmalari Ishchi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi inspektorlari bilan hamkorlikda noqonuniy baliq ovlash, baliq va baliq mahsulotlari savdosi, shuningdek brakonyerlarga qarshi reydlar o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi baliq resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida yurtimiz fuqarolarini baliq ovi qoidlari va tabiat muhofazasi qonunchiligiga qat’iy amal qilishga chaqiradi!

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Axborot xizmati


2017-03-11

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika