Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > 2006-2010 yillarda O'zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturi

2006-2010 yillarda O'zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturi

 

“2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit

muhofazasi bo‘yicha harakatlar Dasturi”

 

Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan tasdiqlangan “2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha

harakatlar dasturi” doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

MA’LUMOT

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 142-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2013–2017-yillarda atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar Dasturi” doirasida mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan dastur boshidan buyon jami 232,16 mlrd.so‘m va 468,3 mln.AQSH dollari, 139 ming Yevro va 15 ming Shveysariya franki hajmidagi ishlar bajarilgan bo‘lib, jami 76 ta tadbirdan 32 tasi yakuniga yetkazildi va qolgan 44 ta tadbir bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Shu bilan birga 2013–2017-yillarga mo‘ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlar doirasida jami 973,2 mlrd.so‘m, qariyib 592,6 mln. AQSH dollari va 61,84 mln. Yevro hajmidagi ishlar yakunlanib, jami 255 ta tadbirning 52 tasi bajarildi va qolgan 203 ta tadbir bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Dastur talablarini bajarish asnosida respublikada atrof-muhit holatining yaxshilanishi, ekologik ustunlikni e’tiborga olgan holda sohalardagi iqtisodiy o‘sish, mamlakatning barqaror rivojlanishga erishishida shart-sharoitlar yaratishga ma’lum ma’noda erishildi.

Misol uchun, atmosferaga zaharli moddalarning tashlanishini kamaytirish maqsadida, korxona, tashkilot va jismoniy shaxslarning jami 149 ming avtotransport gaz yoqilg‘isiga o‘tkazilishi bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Hisobot davrida 263,9 mingdan ortiq transport vositalaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar asbob-uskunalar yordamida tekshirildi, shundan “Toza havo” tadbirini o‘tkazish doirasida 236,8 ming dona avtotransport vositalari tekshirildi. Tekshirish natijasida 11,55 mingdan ortiq ifloslantiruvchi moddalarni o‘rnatilgan me’yordan ortiq tashlayotgan manbalar aniqlanib, qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda tegishli choralar ko‘rildi.

Atrof tabiiy muhit monitoringi doirasida 406 ta ifloslantiruvchi manbalarga ega xo‘jalik yurituvchi subyektda monitoring ishlari olib borilib, jami – 8626 manbada, shundan atmosfera havosi bo‘yicha – 3777 ta, suv resurslari bo‘yicha – 3887 ta, tuproq ifloslanishi bo‘yicha – 962 ta manbada asbob-uskunalar yordamida tekshirish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, ifloslantiruvchi manbalarga o‘rnatilgan 414 ta chang-gaz tozalash inshootlari, 34 ta oqova suvlarini tozalash inshootlari, 84 ta chiqindilarni saqlash va ko‘mish joylari, 98 ta yer usti suv obyektlari o‘rganilib, past samara bilan ishlayotgan 36 ta chang-gaz va 34 ta oqova suvlarini tozalash inshootlari, 62 ta chiqindilarni saqlash va ko‘mish joylarida konsentratsiyaning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdoridan (KCHM) yuqori darajada ifloslangan uchastkalar aniqlandi va belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunlarining yangi tahririni ishlab chiqishda Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi, Ekoharakat deputatlar guruhi a’zolari bilan yaqindan hamkorlik ishlari amalga oshirildi.

Shundan, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.

Hisobot davrida respublika bo‘yicha 18,85 mingta loyiha hujjatlari, jumladan, 2214 ta ekologik normativ loyihalari (2015-yilning 9 oyida – 2113 ta) davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105 foizni tashkil etdi.

Ekologik xavfliligi I va II-toifaga tegishli bo‘lgan faoliyat turlari bo‘yicha ijobiy xulosa berilgan 619 ta loyihaga ishlab chiqarish jarayonida kam chiqitli va resurstejamkor texnologiyalarni tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar berildi, shu jumladan, 85 ta loyiha bo‘yicha texnologik jarayonga quyosh energiyasidan foydalanishni nazarda tutuvchi va energiya tejamkor texnologiyalarni, 3 ta loyihada (Farg‘ona viloyatidagi “Quvasoysement” AJ, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, Navoiy viloyatidagi “O’zminda» MCHJ QK) ifloslantiruvchi moddalarni tashlanishini avtomatlashtirilgan nazoratini tadbiq qilish bo‘yicha tavsiyalar berilib, yuqoridagi obyektlarda texnologiyalarni tatbiq qilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Analitik nazoratga ixtisoslashtirilgan inspeksiyalar tomonidan idoraviy ekologik nazoratni olib borish bo‘yicha 798 mln. so‘mlik xo‘jalik hisobidagi ishlar bajarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan xizmat ko‘rsatish hajmining 24 % ga o‘sishi ta’minlandi (2015-yilning 9 oyida – 643,9 mln.so‘m). 20 ta ekoanalitik laboratoriyalar attestatsiyadan o‘tkazilib, (o‘tgan yilning shu davrida – 16 ta), 40 ta laboratoriya mutaxassislarining malakasi oshirildi (o‘tgan yilning shu davrida – 7 ta).

Hisobot davrida tabiiy va oqova suv tarkibidagi 4 xil, tuproq tarkibidagi 6 xil, hamda atmosfera havosi bo‘yicha 9 xildagi moddalarni aniqlash bo‘yicha jami 19 ta uslublar o‘zlashtirildi.

Jumladan, analitik nazoratga ixtisoslashtirilgan davlat inspeksiyasi tomonidan “Tabiiy va oqova suvlar tarkibidagi sulfat-ion konsentratsiyasini kompleksometrik usul bilan o‘lchovni bajarish uslubi” (O,zO,U 0458:2009), “Tabiiy va oqova suv tarkibidagi kumush konsentratsiyasini fotokolorometrik usul bilan o‘lchov bajarish uslubi” (O,zO,U 0414:2009) bo‘yicha o‘lchov ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Tuproq nazorati bo‘yicha Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan tuproq tarkibidagi marganets ulushini o‘lchash uslubi, Qashqadaryo va Samarqand viloyati bo‘limlari tomonidan ko‘chib yuruvchi ikki va uch valentli temir moddasi birikmalarini aniqlash uslubi, Atmosfera havosi nazorati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan havoga tashlanayotgan ishlab chiqarish tashlamalar tarkibidagi ftorli vodorod konsentratsiyasini fotometrik usulda o‘lchash uslubi, Samarqand viloyati bo‘limi tomonidan oltingugurt kislotasi aerozoli konsentratsiyasini turbometrik usulda o‘lchash uslubi, Surxondaryo viloyati bo‘limi tomonidan temir konsentratsiyasini fotomertik usulda o‘lchash uslubi, Namangan viloyati bo‘limi tomonidan ammiak konsentratsiyasini fotometrik usulda o‘lchash uslubi, Yer usti va oqova suvlar nazorati bo‘yicha Sirdaryo bo‘limi tomonidan tabiiy va oqova suvlar tarkibidagi sulfat-ion konsentratsiyasini kompleksometrik usul bilan o‘lchash uslubi o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktyabrdagi 290-sonli qaroriga muvofiq, hisobot davrida 969 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 113 % ni tashkil etdi. Shundan, yovvoyi hayvonlarni ovlashga 108 ta, ularni respublika hududiga olib kirishga 59 ta, respublikadan olib chiqishga 251 ta, shu jumladan, CITES Konvensiyasi bo‘yicha 203 ta, dorivor, oziq-ovqatbop va texnik o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlashga 256 ta, yovvoyi holda o‘suvchi, o‘simliklar va ularning qismlarini respublika hududidan tashqariga olib chiqishga 282 ta va olib kirish uchun 11 ta hamda yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomniklarni, shuningdek zoologiya kolleksiyalarini hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi 2 ta guvohnoma rasmiylashtirildi.

Qo‘mita tomonidan xalqaro munosabatlarni rivojlantirish, bunda xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, sohaga grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borildi.

Ikki tomonlama aloqalar va xalqaro huquqiy shartnomalarni kengaytirish hamda rivojlantirish borasida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Avstriya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish va suv resurslarini boshqarish federal vazirligi o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risida Kelishuv, shuningdek, Avstriyaning «Eco World Styria» toza texnologiyalar klasteri o‘rtasida ekologik texnologiyalar sohasida o‘zaro Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Shu bilan birga, Fransiyaning ekologiya, barqaror rivojlanish va energetika vazirligi, Polsha Respublikasining atrof-muhit vazirligi, Germaniyaning atrof-muhitni muhofaza qilish, qurilish va yadroviy xavfsizlik Federal vazirligi, Yaponiyaning atrof-muhit vazirligi bilan atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risida idoralararo Kelishuvlar loyihalari tayyorlanib, tegishli vazirlik hamda idoralar bilan kelishilib, xorijiy tomonlar bilan kelishish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.

Suvli-botqoqli hududlar to‘g‘risidagi Ramsar Konvensiyasi doirasida To‘dako‘l va Quyimozor suv havzalarini xalqaro Ramsar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha takliflar hamda nominatsion shakllar to‘ldirilib, Tashqi ishlar vazirligi orqali Konvensiya Kotibiyatiga taqdim qilindi.

Shuningdek, “Havoning katta masofalarga transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risida”gi konvensiyaga a’zo bo‘lishi yuzasidan tayyorlov ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi tomonidan Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lgan atrof- muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro konvensiyalar qoidalari ijro etilishining borishini o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston qo‘shilgan xalqaro shartnomalar normalarining muayyan davlat organi tomonidan milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishini tartibga soluvchi aniq protsessual mexanizmni tashkil qilish, mas’ul bo‘lgan davlat organlari mazkur xalqaro hujjatlar normalarining implementatsiya qilinishini yanada kuchaytirishga yo‘naltirilgan Oliy Majlis Senati palatalarining qo‘shma qarori va uning asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan idoralararo ish rejasi qabul qilindi.

Xalqaro investitsiyalarni jalb qilish borasida hisobot davrida umumiy qiymati 10,5 mln. dollarga (milliy – 3,5 mln.doll. va mintaqaviy – 6,9 mln.doll.) teng 5 ta loyiha (3 ta milliy va 2 ta mintaqaviy) bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

Amalga oshirilgan loyihalar natijasida biologik resurslarni muhofaza qilish inspeksiyalarining moddiy-texnik bazasi avto va suv transporti vositalari bilan ta’minlanib, ofis texnikalari bilan jihozlandi. Shu bilan birga, bojxona organlarining ozonni buzuvi mahsulotlar importini va eksportini nazorat qilish bo‘yicha moddiy-texnik bazasi takomillashtirildi.

Koreyaning KOYKA agentligi bilan respublika hududiga mahsulotlarni import va respublika hududidan eksport qilish bo‘yicha ruxsatnomalar rasmiylashtirishning idoralararo integrallashgan “bir darcha” elektron dasturini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish ishlari olib borildi.

Jahon banki bilan hamkorlikda Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyasini umumiy qiymati 1,3 mln. AQSH doll. bo‘lgan zamonaviy o‘lchash moslamalari va laboratoriya jihozlari, shu jumladan, mobil laboratoriyalar bilan ta’minlash bo‘yicha hujjatlar ishlab chiqilib, muzokaralar olib borildi. Ushbu masala Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasi bilan muhokama qilindi. Shuningdek, umumiy summasi 1,3 mln. AQSH doll. bo‘lgan jihozlarning ro‘yxati tuzildi.

Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining maishiy chiqindilarni boshqarish milliy strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhi shakllantirilib, dastlabki loyihani ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borildi.

Aholining ekologiya masalalari hamda mamlakatda atrof-muhit muhofazasi sohasida olib borilayotgan faoliyat yuzasidan xabardorligini oshirish, ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish yuzasidan tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ishlar olib borildi.

Hisobot davrida 1318 ta uchrashuv, seminar, taqdimot, ijtimoiy ekologik aksiyalar, ta’lim muassasalarida ochiq darslar tashkil qilindi. Jumladan, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha – 311 ta, chiqindilar boshqaruvi masalasiga oid – 144 ta, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish sohasida – 211 ta, biologik resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida – 184 ta, ekologik qonunchilikni targ‘ib qilish borasida – 289 ta hamda 179 ta hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, noyob hayvon turlarini tabiatga qaytarish, ekologik xalqaro sanalar munosabati bilan ijtimoiy-ekologik masalalarga bag‘ishlangan tadbirlar, jumladan, “Ekohaftalik–2016” tashkil qilindi.

Ekologik xavfsiz, kam chiqitli va resurs tejamkor texnologiyalarni tatbiq etayotgan sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda qo‘riqlanadigan tabiiy xududlarda (qo‘riqxonalar, milliy tabiiy bog‘lar, buyurtmaxonalar va boshqalar.) 32 ta mediatur o‘tkazildi.

Ommaviy axborot vositalari ishtirokida maishiy chiqindixonalarning holatini va ruxsat etilmagan chiqindixonalarning tashkil etilishini o‘rganish, shuningdek dalalarda ekin o‘rib olinganidan keyin somon yoqish, aholi punktlarida xazonlar va boshqa o‘simlik qoldiqlarini yoqish, ochiq olovni qo‘llagan holda bitum eritish hamda o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida jami 488 ta tezkor reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Tele va radio kanallarida 2678 ta chiqishlar (2015-yilning 9 oyida – 2586 ta), bosma OAVlarda – 1338 ta material chop etildi.

Qo‘mita faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida uning rasmiy veb-saytidagi ma’lumotlar muntazam yangilanib, internet OAV va ijtimoiy tarmoqlarga 526 ta materiallar joylashtirildi (2015-yilning 9 oyida  – 60 ta).

“Facebook” internet tarmog‘idagi Qo‘mitaning sahifasi tashkil qilindi. Xorijiy va mahalliy OAVda dolzarb ekologiya masalalari bo‘yicha chop etilgan ma’lumotlar tahlil qilinib, ular asosida  33 ta ekologik daydjestlar tayyorlandi.

Fuqarolik jamiyati institutlari va davlat idoralarining jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida “2016-yilda respublikada ekologik nazoratning jamoatchi inspektori institutlarini rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.

Yo‘l xaritasini amalga oshirish doirasida Toshkent va Nukus shaharlarida joriy yilning 29-fevralidan 2-martigacha, shuningdek, barcha viloyat markazlarida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbarlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining ekologik va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish komissiyasi, shuningdek, ekologiya yo‘nalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlarning 10 mingdan ortiq vakillari bilan 14 ta uchrashuv tashkil etildi.

Qo‘mitaning O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan qo‘shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, uning asosida ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga muvofiq, elektron hujjat aylanish tizimini takomillashtirish maqsadida Qo‘mita tizimidagi 209 nafar xodim (2015-yilda 59 nafar xodim) “E-HUJJAT” elektron hujjat aylanish tizimi bo‘yicha elektron raqamli imzo bilan ta’minlandi.

Shu bilan bir qatorda, “E-NAT” himoyalangan elektron pochta tizimi va “E-ijro” idoralararo elektron xujjat almashinuvi tizimi yo‘lga qo‘yilib, barcha hududiy qo‘mitalarda joriy qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlariga “Bir darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2412-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qo‘mita tomonidan ko‘rsatiladigan asosiy davlat xizmati turlari, xususan, suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish bo‘yicha hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun Qizil kitobga kiritilmagan turlarini tabiiy muhitdan olishga ruxsatnomalar berish davlat xizmatlar turlarining “Bir darcha” elektron tizimi amaliyotga joriy qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 142-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi”ning “Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish, ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish maqsadlarida ta’lim doirasidagi qonun hujjatlarni va me’yoriy-uslubiy bazani rivojlantirish” yuzasidan IV – yo‘nalishi bo‘yicha nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi batafsil tahlil qilinib, ijrosi yuzasidan ma’lumotlar har chorakda Vazirlar Mahkamasiga kiritilmoqda.

Mazkur dastur doirasida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2016-yilda har bir hududda “Ekologik-biologik, o‘lkashunoslik” oromgohlari tashkil etildi. “Barkamol avlod” o‘lkashunoslik va ekologiya markazi tomonidan 6 nomdagi “Gulchilik”, “Bog‘dorchilik”, “Sabzavotchilik”, “Yosh ekolog”, Yosh tabiatshunos”, “Oila va salomatlik” kabi to‘garaklar uchun o‘quv qo‘llanmalar tayyorlanib, barcha “Barkamol avlod” bolalar markazlariga yetkazildi.

2015-2016 o‘quv  yili  uchun chop etilgan  1-sinf “Atrofimizdagi olam”, 4-sinf “Tabiatshunoslik”, 5-sinf “Botanika” va “Tabiiy geografiya” boshlang‘ich kursi darsliklarining mazmuniga atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish mavzulari kiritildi.

Umumta’lim maktablarining o‘quvchilari uchun “Ekologiya: Yerda yashash sharoitlari”, “Ekologiya: Odam sayyorani o‘zgartirmoqda” nomli o‘quv qo‘llanma va ish daftari, “Inson va tabiat”, “Inson va rang-barang tabiat”, “Suv hayot manbayi”, “Inson va havo”, “Inson va tuproq” nomli o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilib, ta’lim muassasalariga yetkazildi.

Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2013-yil 13-avgustdagi 3-sonli bayonnomasi bilan tashkil qilingan “Ishlab chiqarishlar texnologiyasi va atrof-muhit muhofazasi”, “O‘quv-uslubiy birlashmasi tarkibida “Barqaror rivojlanish ta’limi” sho‘basi tomonidan 2016-yilning uchinchi choragida 6 ta o‘quv adabiyoti ko‘rib chiqilib, shulardan 4 tasi – 2 ta dasrlik va 2 ta o‘quv qo‘llanma chop etishga tavsiya etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2015-yil                  10-fevralda tasdiqlangan 7/1-4745-sonli O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish uchun ta’lim konsepsiyasining 2015-2017-yillar davomida milliy ta’lim tizimiga singdirish harakat dasturi tadbirlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan monitoring olib borilmoqda.

Mazkur Dastur doirasida tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablarida ekologik madaniyat, ekologik bilimlarini oshirish, ekologik holat to‘g‘risida tushunchalar berish maqsadida ekologik tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi “Ozon qatlamini himoya qilish sohasidagi shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 20-sonli hamda 2005-yil 11-noyabrdagi “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 247-sonli qarorlariga muvofiq hisobot davrida 3644 ta murojaat (2015-yilning 9 oyida – 3542 ta) ko‘rib chiqilib, ozonni buzuvchi moddalarni respublika hududiga olib kirish uchun 10 ta hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud bo‘lgan mahsulotlarni respublika hududiga olib kirish uchun 160 ta ruxsatnoma rasmiylashtirildi, shuningdek, ruxsat talab etilmasligi to‘g‘risida 3546 ta javob xatlari yuborildi.

2013-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamkorlikda BMTTD bilan GXFUlarni import qilishga qaramlikni (bog‘liqlikni) kamaytirish maqsadida davlat va xususiy sektor salohiyatini kuchaytirish uchun faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu faoliyatlar Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha Vena konvensiyasi va Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar to‘g‘risidagi Monreal bayonnomasi doirasida olingan majburiyatlarni bajarilishiga yo‘naltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi “Sog‘lom ona va bola yili to‘g‘risida”gi 2487-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 15 banddan iborat tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ularni amalga oshirish uchun rejalashtirilgan 305,3 mln. so‘mlik ishlarning bugungi kunda 290,3 mln.so‘m hajmdagi ishlar bajarilib, belgilangan rejaning 95% ni tashkil etdi.

Xususan, Qo‘mita tizimidagi xotin-qizlarni ijtimoiy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash doirasida 12 mln.so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Hududiy qo‘mitalar tomonidan “Mahallamiz ekologiyasi”, “Ayol, ekologiya va salomatlik”, “Sog‘lom bolani tarbiyalash – bizning umumiy vazifamiz”, “Barkamol avlodni tarbiyalashda ekologik mas’uliyat” mavzularida 76 ta davra suhbati, 3 ta tanlov, 6 ta ekologik aksiya tashkil etildi. “Ekologiya xabarnomasi” – “Ekologicheskiy vestnik” jurnalida “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi ijrosi mavzuida alohida rukn joriy etilib, hisobot davrida mavzuga oid jami 14 ta maqola chop etildi.

Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shu bilan birga tabiat bilan onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi uyg‘unlashtirilgan tasvirlar aks ettirilgan 8 turdagi maxsus bannerlar tayyorlandi. Bugungi kunda Toshkent shahri bo‘ylab 90 ta, Namangan, Jizzax, Sirdaryo viloyatiga 30 tadan bannerlar o‘rnatildi, qolgan viloyat, shahar va tuman markazlariga ham 30–40 tadan banner o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu borada fotoalbomlar tayyorlandi.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 66-sonli maxsus internat-maktabiga, Sho‘rchi tumanidagi "Oynako‘l" tibbiyot birlashmasiga, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga, Samarqand viloyati 1-sonli tug‘ruqxonaga, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm va Farg‘ona viloyatlaridagi QVPlarga, o‘rta-ta’lim maktablariga qayta tiklanuvchi energiya manbayi, fotoelektr stansiyalari o‘rnatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2014-yil 30-iyulda (2014-yil 15-avgustdagi №03-21-1-sonli) tasdiqlangan “Respublika tabiiy suv havzalarida barqaror ekologik sharoitni ta’minlash va biologik resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar” ijrosi bo‘yicha ishlar olib borildi.

Hisobot davri yakunlari bo‘yicha chora-tadbirda belgilangan 53 ta tadbirdan 17 tasining bajarilishi nihoyasiga yetkazildi. Joriy yil yakunlari bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi boshlangandan buyon 5,85 mlrd.so‘m mablag‘ sarflandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 19-fevraldagi 14/21-2-sonli «Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy va biologik resurslardan oqilona foydalanish hamda ularni qayta tiklash tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha hududiy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 12 yo‘nalishdagi 1400 ta tadbirning bajarilishi bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktyabrdagi “Tarkibida simob moddasi bo‘lgan lampalar va priborlardan foydalanish va ularni foydali ravishda ishlatish korxonalari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi 405-sonli qarori ijrosi bo‘yicha hisobot davrida respublika bo‘yicha 300,13 ming dona yaroqsiz holga kelgan lampalar utilizatsiya qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-sentyabrdagi “Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 258-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning may oyida Toshkent viloyatining Angren shahrida ishlatilgan texnik moylarni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “Eco prista” MCHJ qo‘shma korxonasi ishga tushirilib, “Uz-Ecoprotect” MCHJ qo‘shma korxonasidan 1358,9  tonna yig‘ilgan texnik moylar qabul qilinib, shundan 1162 tonnasi qayta ishlandi. “Eco prista” va “Uz-Ecoprotect” MCHJ qo‘shma korxonalari 150 dan ortiq korxona bilan ishlatilgan texnik moylarni qabul qilish bo‘yicha shartnomalar tuzib, hisobot davrida jami 137,7 tonna moy qayta ishlash uchun qabul qilindi.

Shu bilan birga, hisobot davrida respublika bo‘yicha jami 769,6 tonna ishlatilgan avtoshinalar utilizatsiya qilinib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 147 % ni tashkil etdi.

Toshkent shahridagi “Toshrangmetzavod” korxonasiga yaroqsiz holga kelgan 320 tonna kompyuter texnikalari utilizatsiya qilish uchun topshirilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 barobarga oshdi (2015-yilning 9 oyida – 101,2 tn).


2017-01-25

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika