Hodisalar

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


OZODALIK – FAYZ VA BARAKA KELTIRADI

Mamlakatimizda ekologik muammolarni bartaraf etish va salbiy oqibatlarning oldini olish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Aholi salomatligi, ekotizimlar va atrof-muhitning tabiiy holatini saqlashlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Bugungi kunda mazkur sohadagi munosabatlarning huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lib, ular “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi kabi o‘ttizdan ziyod qonun bilan tartibga solib kelinmoqda. Ushbu huquqiy hujjatlar yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ekologik muvozanatni ta’minlashdek muhim ijtimoiy masalalar ro‘yobida salmoqli o‘rin tutmoqda.

Bu borada yoshlarning ekologik madaniyatini oshirishda samarali ishlar olib borilmoqda. Ta’lim muassasalarida tabiatshunoslik to‘garaklari, ekologiya xonalari, “Ekologiya yo‘lakchalari”, tabiat burchaklari tashkil etilgan. Maktablarda atrof-muhitni o‘rganish, uni asrab-avaylash yuzasidan fan soatlari qo‘yilgan.

– Ta’limning barcha bosqichlarida bu yo‘nalishda darsliklar, dasturlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan, – deydi O‘zbekiston Milliy universiteti, biologiya fakulteti ekologiya va evolyusiya biologiyasi kafedrasi mudiri Rustam Allaberdiev. – Kafedramizda ekologik ta’lim va tarbiyaning uyg‘unligini ta’minlash maqsadida olimlar va mutaxassislar hamkorligida ommabop risolalar, qo‘llanmalar chop etildi. Barcha ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan barqaror taraqqiyot ta’limi doirasida davra suhbatlari, forumlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Olib borilayotgan ishlar yoshlarimizning ekologik madaniyatini mustahkamlashda muhim asos bo‘lmoqda.

Yoshlarning ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish maqsadida istirohat bog‘lari, dam olish maskanlari, suv havzalari va boshqa jamoat joylarini ozoda saqlashga qaratilgan “Yurtimizni obod qilaylik!” shiori ostida amaliy tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Onajonim tabiat”, oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Global iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya”, “Tibbiyot, onalik va bolalikni muhofaza qilish va ekologiya” mavzularida tanlovlar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvaridagi “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan mahallalar va jamoat joylarida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

– Mahallamizda har shanba kuni hashar uyushtiramiz, – deydi Shayxontohur tumanidagi “Janggoh” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Bahrom Asqarov. – Bunga mahalla ahli odatlangan. Hasharda ko‘pqavatli uylar atrofi, bolalar maydonchalari, ariqlar tozalanib, chiqindilar o‘z vaqtida tashib ketiladi. Aholini rahbatlantirish maqsadida “Eng sarishta xonadon”, “Mahallaning eng sarishta qizi” nomli tadbirlar tashkil qilganmiz.

Obodonlashtirish ishlarida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini yanada takomillashtirishga, mahalla obodligini saqlash, maishiy chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Nilufar INOG‘OMOVA


2017-01-11

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika