Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Yangiliklar > NASKA VODIYSINING SIRI

NASKA VODIYSINING SIRI

Sayyoramizda shunday hududlar borki, ularda mavjud obyektlarni ko‘rib, hayron qolmaslikning iloji yo‘q. Perudagi And tog‘larining yonidagi cho‘lda uncha katta bo‘lmagan Naska vodiysi joylashgan. Ushbu joyning nomi bir necha o‘n yillar davomida ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar sahifalaridan tushmay kelayotir.

Naska vodiysining olimlar e’tiborini o‘ziga tortadigan asosiy jihati – uzunligi 60 km, kengligi 2 km bo‘lgan hayron qolarli darajada tekis yuzaga ega bo‘lgan qismidir. Ushbu maydon bir xil masofadagi parallel chiziqlar bilan bo‘lingan, ba’zi joylarida burama chiziq va aylanalar mavjud. Olimlar olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Naska vodiysidagi ushbu tasvirlar miloddan avvalgi III milodiy IV asrlar o‘rtasida bunyod etilgan.

Janubiy Amerikada qadimda yashagan aholi nafaqat geometrik shakllar, balki oddiy g‘ildirak to‘g‘risida ham yetarli ma’lumotga ega bo‘lmaganini e’tiborga olsak, Naska vodiysidagi manzaraning birmuncha g‘ayrioddiy xarakterga egaligi kishini hayratga soladi.

Barpo etilishi sirligicha qolayotgan 13 mingdan ortiq chiziq va geometrik shakllardan tashqari, vodiyda 788 ta turli o‘simlik va hayvonlarning ulkan tasvirlarini o‘z ichiga olgan suratlar galereyasi ham mavjud. Unda uzunligi 20 metrdan ziyod ikkita lama, 180 metrli kaltakesak, gavdasi 250 metrli maymun va qushlar, bo‘yi 620 metrdan oshadigan odamning suratlari mavjud.

Ayniqsa, ushbu hududdan birmuncha uzoqda, ya’ni Amazoniyaning borish qiyin bo‘lgan botqoqlarida yashaydigan, kattaligi bor-yo‘g‘i 6 mm bo‘lgan noyob ritsanuley o‘rgimchagining 46 metrli tasvirining Naska vodiysida mavjudligi kishini lol qoldiradi. Chunki o‘rgimchakning oyoqlaridan biri boshqalariga nisbatan qiyshiqroq va uzunroq. Hozirgi zamon olimlari ritsanuley oyoqlaridagi ushbu farqni nisbatan yaqinda, faqat mikroskop yordamida aniqlay olishganini e’tiborga olsak, «qadimgi zamon rassomi» mazkur o‘rgimchak tanasidagi g‘ayrioddiy tuzilishni qay tarzda ilg‘ay olgani jumbog‘ligicha qolmoqda. Shu bois, olimlar Naska vodiysini mohirlik bilan suratlarga to‘ldirgan «rassom»ni aniqlash ustida bir necha o‘n yildan beri tinmay bosh qotirishmoqda. Vodiyda olib borilgan dastlabki qazish ishlari shuni ko‘rsatdiki, qadimda bu yer Janubiy Amerikaning tub aholisi – hindularning gullab-yashnagan makoni bo‘lgan. Ba’zi mutaxassislarning fikricha, ulkan suratlar o‘ziga xos qishloq xo‘jaligi taqvimi vazifasini o‘tab, aholi ularga qarab quyoshning yil davomidagi harakatini kuzatgan bo‘lishi mumkin.

Polshalik olimlarning gigant suratlar yaqinida olib borgan izlanishlari shuni ko‘rsatdiki, bu yerdagi aholi turar joylari bundan taxminan 980-1000 yilcha oldin kuchli tabiiy ofat, ya’ni tog‘dan oqib tushgan katta miqdordagi loyqa oqimi bilan ko‘mib yuborilgan. Odamlar boshqa hududlarga ko‘chib ketgach, Naska vodiysi huvillagan cho‘lga aylanib qoldi.

Olmon olimlarining fikricha, Naska vodiysi astronomik maydon rolini o‘ynagan, maydonda chizilgan shakl va chiziqlar esa qadimgi peruliklarning astronomik taqvimining tarkibiy qismlari bo‘lishi mumkin. Ammo, vodiyda chizilgan shakl va suratlarni faqat juda balanddan ko‘ra olish mumkinligini inobatga olsak, ular o‘lchamining bu qadar kattaligi jumbog‘ligicha qolmoqda. Hozirgi kunda Naska vodiysi qo‘riqxonaga aylantirilgan bo‘lib, uning hududida faqat ilmiy-tadqiqot maqsadlarida faoliyat olib borish mumkin. Shuningdek, olimlar 1980-yilda Peru poytaxti Limadan taxminan 1000 km janubi-sharqda vertolyotda ucha turib, ulkan suratlar galalereyasini aniqlashdi. Bu yerda ham ulkan lama va ilonlarning rasmi turli kenglikdagi chiziqlar hamda trapetsiya shaklidagi maydonchalar bilan uyg‘unlashib ketgan edi. 1984-yilda perulik uchuvchi Lima shahridan 450 km janubdagi San-Xose hududida tekis maydonda o‘yib ishlangan hayvon, o‘simlik va odamlarning ulkan tasvirlarini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Sabohat BERDIYEVA


2016-12-28

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika