Hodisalar

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


5-6-OKTABR KUNLARI EKOLOGIK TURIZMGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TADI

Joriy yilning 5-6 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi hamkorligi hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori ishtirokida “Ekologik turizm – barqaror rivojlanish va atrof-muhit muhofazasining muhim omili: O‘zbekiston tajribasi va xorijiy amaliyot” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
 
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yig‘ilish ishtirokchilariga ekoturizm industriyasini shakllantirish, aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o‘stirish; ekoturizm yo‘nalishidagi ta’lim-tarbiyani yo‘lga qo‘yish; ekoturizm orqali mahalliy aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etish; ekoturizm bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo‘lga qo‘yish; biologik xilma-xillikni saqlash kabilarni tushuntirish va ma’lumotlar berishdan iborat.
 
O‘zbekiston Respublikasi
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Axborot xizmati
 

2016-10-01

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika