Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisi o’rinbosari R. Fayziyevning kichik fotoelektr stansiyalardan elektr energiyasini tejash bilan avtonom ko’cha yoritgichlarini o’rnatish loyixasi doirasidagi ochilishida so’zlagan nutqi

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisi o’rinbosari R. Fayziyevning kichik fotoelektr stansiyalardan elektr energiyasini tejash bilan avtonom ko’cha yoritgichlarini o’rnatish loyixasi doirasidagi ochilishida so’zlagan nutqi

Xurmatli xamkasblar, xonimlar va janoblar, ochilish ishtirokchilari!

Kichik fotoelektrik stansiyalaridan ko’cha yoritgichlari o’rnatilgan Pushkin maydoni ochilishida ishtirok etayotganimdan juda mamnunman.Shu sababli Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo’mitasi  nomidan ushbu loyixaning amalga oshirilishidagi xamkorligi uchun OBSE loyixalari koordinatoriga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Atrof muhitning buzilish ekologik degradatsiyasi davom etayotgan bugungi kunda, suv resurslarining yetishmasligi kuchaymoqda, qurg’oqchiliklarning qaytarilishi ko’paymoqda, ob-havo o’zgarishi kutilmagan xarakterga ega bo’lib bormoqda. Jaxonda uglevodorod xom ashyosi jahon zahiralari kamayib borayotgan global ekologik muommolar chuqurlashib borayotgan bir vaqtda, qayta tiklanayotgan energiya manbaning rivojlanishi kata ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, bugungi kunda  “ Qayta tiklanadigan energiya manbalari xaqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqish jarayonida ushbu qonun davlat siyosatining asosiy prinsiplarini aniqlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, qayta tiklanayotgan energiya manbaidan foydalanishni rag’batlantirish mexanizmini, ilmiy va moliyaviy boshqaruvni lozim darajada taminlash, sohada monitoring va ichki nazorat loyihasini amalga oshirishda, shuningdek fuqoralarning o’z o’zini boshqarish organlari,nodavlar notijorat tashkilotlar ishtirokining shakllarini aniqlashni o’z ichiga oladi.

Mamlakatda qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish uchun keng qamrovli ishlar olib borildi va davom etirilmoqda:

Birinchi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yiln 1-martdagi PP- 1929-sonli qarori bilan Quyosh energiyasi xalqaro instituti tashkil etildi.Bundan maqsad iqtisodning barcha soxalari va tarmoqlarida quyosh energiyasi amaliy qo’llash bo’yicha takliflarni ishlab chiqish, xalqaro hamkorlarni kengaytirish asosida quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperemental tadqiqotlarni yanada chuqurroq amalga oshirish.

Ikkinchi Markaziy Osiyoda eng kata 100 mVt quyosh fotoelektr stansiyasi Samarqand viloyatida qurilishi bo’yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda. Ushbu stansiyaning ishga tushirilishi butun bir tumanni elektr energiyasi bilan to’liq taminlashga yetadi.

Shu bilan bir qatorda 2015-yili Namangan viloyatining Pop tumanida test sifatida 130 k Vt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyasi ishga tushirildi.

Bir vaqtda yana shuni takidlash joizki, respublikamizda yiliga umumiy quvvat 1200 kVt quyosh fotoelektrik stansiyalari ishlab chiqarilmoqda.

Uchinchi – Qayta tiklanayotgan energiya manbai jihozlarini ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uchun salmoqli ilmiy va texnologik baza tashkil etildi,xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar tomonidan bir qator yirik loyixalar amalga oshirilmoqda.

O’zbekistondagi OBSE loyihalari koordinatori xamda Tabiatni muxofaza qilish qo’mitasi “ O’zbekiston Respublikasida ekologik tashabusslarni amalga oshirishda yordam loyixasini amalga oshirish doirasida avtonom ko’chani yorituvchi 20 dona kichik fotoelektrik diod chiroqlarini o’rnatildi.

Bunday texnologiyalarning o’rnatilishi uglevodorod xomashyosi zahiralarini iqtisod qilishga xamda gazlarni tashlanishini qisqartiradi.

Xurmatli xamkasblar, O’zbekistondagi OBSE loyihasi koordinatoriga xamda bugungi tadbir tashkilotchilariga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

Tabiatimizni saqlanishida barchamizga muffaqiyot tilayman. 


2016-09-15

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika