Hodisalar

Ro'yxatdan o'gan foydalanuvchilar: 2 ta

Mexmonlar: 7 ta

 

Yagona telefon raqamlari:  

+99871 236-26-66

Tartib ko’chirish

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Bosh sahifa > Onlayn maslahat

Onlayn maslahat

Hurmatli Noila, O'zbekiston Respublikasining "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida" gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar fuqarolar kirib chiqishi uchun ochiqdir, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. O'simliklar va hayvonlarning noyob hamda yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan turlarini, bunday o'simliklar o'sadigan va bunday hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ayrim qismlariga fuqarolarning kirishi mazkur hududlar qaysi davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo'lsa, shu davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan cheklanishi yoki man etilishi mumkin. Fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi shu hududlarda bo'lishning maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlanadigan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Fuqarolarning ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda pullik asosda amalga oshirilishi mumkin.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo turlari qo'llanilishi mumkin: - Jarima; - Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoni qaytarish sharti bilan olib qo'yish; - Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoni musodara qilish; - Muayyan shaxsga berilgan maxsus huquq (transport vositasini boshqarish huquqi (MJKning 119-moddasi), ov qilish huquqi (MJKning 90-moddasi) dan mahrum qilish.
O'zbekiston Respublikasining "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida" gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga ko'ra quyidagi toifalarga bo'linadi: - davlat qo'riqxonalari; - majmua (landshaft) buyurtma qo'riqxonalari; - tabiat bog'lari; - davlat tabiat yodgorliklari; - ayrim tabiiy ob’yektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko'paytirish va tiklash uchun mo'ljallangan hududlar; - muhofaza etiladigan landshaftlar; - ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo'ljallangan hududlar.

Fotogalereya

ntesting mood

Hududiy qo'mitalari

Infografika