События

Мы в социальных сетях:

Facebook Twitter Telegram


Главная > Новости > MENING NAFSIM BALODUR YOXUD OVCHILIKNING HAM O‘Z QONUN-QOIDALARI BOR

MENING NAFSIM BALODUR YOXUD OVCHILIKNING HAM O‘Z QONUN-QOIDALARI BOR

So‘nggi yillarda tabiat ne’matlaridan xo‘jasizlarcha foydalanish oqibatida yurtimizning hayvonot va nabotot olamiga jiddiy putur yetmoqda. Bunda Toshkent viloyatini misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin. Bugun hududda ko‘plab yovvoyi hayvon turlari kuchli antropogen ta’sir ostida qolishi bilan bir qatorda, ularning ham yashash joylari, ham soni qisqarib bormoqda, ba’zilari esa butunlay yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolmoqda.

Hayvonlarning har bir turi – tabiatning tarixan takrorlanmas, genetik jihatdan yagona, har qanday biologik hamjamoada faqat o‘ziga xos o‘rniga ega bo‘lgan in’omdir.

Biroq, buni ko‘pchilik tushunib yetmayapti, chamasi. Fursatdan foydalanib, ba’zi bir hayotiy misollarni keltirib o‘tsak.

Joriy yilning 27-oktabr kuni kech soat 17:45 lar atrofida Ugom-Chotqol Milliy tabiat bog‘i davlat nozirlari hamkorligida Bioinspeksiya inspektorlari A.Azimov, X.Xasanovlar tomonidan olib borilgan tezkor reyd davrida Bo‘stonliq tumani Ispay qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 1989-yilda tug‘ilgan Elyor Abdulloyevich Qudrotilloyev tomonidan Ugom-Chotqol Milliy tabiat bog‘iga qarashli “Kamtar kumush” soyi hududida 1 bosh yovvoyi to‘ng‘iz (qobon) ni o‘ziga tegishli bo‘lgan IJ-12 ov qurolidan foydalangan holda otib olib kelayotgan paytda qo‘lga tushdi.

Shuningdek, 30-oktabr kuni ertalab soat 11:00 lar atrofida Bo‘stonliq tumani IIB ga qarashli maxsus chegara postida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioinspeksiya inspektorlari A.Belikov, A.Azimov, A.Abirov va X.Xasanovlar hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor reyd natijasida Qibray tumani Yanigiobod MFY, Rayhon ko‘chasi 23-uyda istiqomat qiluvchi 1955-yilda tug‘ilgan Nurmuxammad Adilovich Shamxalov tomonidan Ugom-Chotqol Milliy tabiat bog‘iga qarashli Axsarsoy hududida 2 bosh yovvoyi to‘ng‘iz (qobon)ni o‘ziga tegishli bo‘lgan IJ-27E ov qurolidan foydalangan holda otib olib kelayotgani aniqlandi.

Huquqbuzar Nurmuxammad Adilovich Shamxalov hamda Elyor Abdulloyevich Qudrotilloyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunning 32-33-moddalarida belgilangan talablar qo‘pol ravishda buzilganligi hamda hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun ularga 17 973 000 (o‘n yetti million to‘qqiz yuz yetmish uch ming) so‘m miqdorida jarima solindi.

Ikkisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik Kodeksining 245-moddasiga asosan, qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish yuzasidan to‘plangan hujjatlar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani ma’muriy sudiga yuborildi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, yovvoyi hayvonlar va ularning yashash joylari muhofazasi bo‘yicha maxsus qonunchilik asosida amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmasa, aholi orasida ommaviy ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmasa, ularning tabiatda yo‘q bo‘lib ketishi xavfini bartaraf qilib bo‘lmaydi.

Maqsadimiz esa, o‘zining hayvonot va o‘simlik olamining g‘aroyibotligi bilan ajralib turuvchi go‘zal go‘shamizni asrab-avaylash hamda kelajak avlodga bekamu ko‘st yetkazishdir.

 

Aziz Azimov,

inspektor


2017-12-20

Фотогалерея

ntesting mood

Территориальные комитеты